Turizm
Yo‘nalish tavsifi:
Turizm sohasi har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun eng muhim sohalardan biri hisoblanadi. Ushbu yoʻnalishda asosiy maqsadimiz tovarlar va xizmatlarning jahon bozorlariga bosqichma-bosqich kirishi uchun turizm xizmatlaridan samarali foydalanish va mamlakatning iqtisodiy oʻsishini oshirish uchun yoshlarni tayyorlash. Shuningdek, Turizm yoʻnalishi mehmondoʻstlik, transport, koʻngilochar va madaniy meros kabi koʻplab sohalarni oʻz ichiga oladi. Turizm sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun sayohatga boʻlgan ishtiyoq, mijozlarga yuqori saviyada xizmat koʻrsatish yoʻnalishi sanalib, tez sur’atda, doimiy oʻzgaruvchan muhitda yaxshi ishlash qobiliyatiga ega boʻlish muhimdir.
Dastur maqsadi
Turizm, mehmonxona va restoran biznesida xodimlarni boshqarish, sayyohlik safarlarini tashkillashtrish, Oʼzbekiston Respublikasida ichki va tashqi turizm bozorini rivojlantirishning asosiy geografik yoʼnalishlari boʼyicha yuqori malakali kadrlarni tayorlash.
Ishga joylashish imkoniyatlari:
Turizmni rivojlantirish tashkilotlari
Xalqaro miqyosda turizm va mehmondoʻstlikni rivojlantirish bilan shugʻullanadigan tashkilotlar, jumladan,
Jahon turizm tashkiloti
Turistik xizmatlar tashkilotchisi
Mehmonxona menejeri
Sayohat agentligi
Turizm tadqiqotchisi
Turoperator
Turizmda logistika
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati
Taʼlim sohasida
Shuningdek, shaxsiy sayyohlik biznesini boshlash mumkin.