Maxsus pedagogika

Maxsus pedagogika (defektologiya) yoʻnalishi – sogʻlom hamda nogironligi boʻlgan/imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun zaruriy pedagog kadrlarni tayyorlaydi.


Maxsus pedagogika 4 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:
oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar)
surdopedagogika (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar)
tiflopedagogika (koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar)
logopediya (nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar).

Ishga joylashish imkoniyatlari: Hozirgi kunda maxsus pedagogika yo‘nalishi koʻp qirrali boʻlib, bitiruvchi talabalar sogʻlom bolalarga moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasalarida logoped, maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog, umumtaʼlim maktablarida logoped, maxsus maktab va maktab-internatlarda defektolog, oilaviy poliklinikada logoped lavozimida faoliyat yuritishlari mumkin boʻladi.