Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida tahsil olayotgan talabalar uchun tayyorlangan qo‘llanma bilan tanishing.
Ushbu qo‘llanmada universitetning ichki tartib-qoidalari, ta’lim jarayoni, talabalar huquq va majburiyatlari hamda universitet hayotiga oid muhim ma’lumotlar jamlangan.
Qo‘llanmani ochish →2026–2027 o‘quv yili
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti zamonaviy ta’lim yondashuvlari va xalqaro tajribaga asoslangan holda malakali mutaxassislar tayyorlashga intiladi. Universitetning Samarqand filiali 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Universitetda bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. 2022-yilda universitet ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha KAZSEE va IQAA agentliklarining sertifikatlarini olgan.
Universitet tegishli litsenziyalar asosida faoliyat yuritadi. Ta’lim dasturlari va diplomning tan olinishi tegishli rasmiy hujjatlar bilan belgilanadi.









