None

Italiyaning nufuzli Sapienza universiteti professorlari KIUT Samarqandda


Italiyaning Sapienza universiteti professorlaridan iborat delegatsiya Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad, ikki oliygoh o’rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va liboslar dizayni yo’nalishi talabalarining kolleksiyalarini xalqaro podiumga olib chiqishdan iborat.

Delegatsiya tashrif davomida KIUT Samarqand filialida yaratilgan ta’lim imkoniyati bilan tanishib, talabalar bilan muloqotda bo’lishdi. Talabalar Sapienza universitetidagi ta’lim imkoniyatlari haqida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi.