None
19 Okt 2026
"Ommaviy diktant" tanlovi natijalari e'lon qilindi

14-oktabr kuni o'tkazilgan "Ommaviy diktant" tanlovi natijalari e'lon qilindi.

Talabalar o'rtasida o'tkazilgan tanlov g'oliblari:
1-o‘rin – Nafisa Xayrullayeva,  o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi (kechki) 1-kurs talabasi – 90 ball;
2-o‘rin – Aziza Mirzayeva, English Education yo‘nalishi 2-kurs talabasi – 89 ball;
3-o‘rin – Zahro Zikriyaqulova,  koreys filologiyasi yo‘nalishi 1-kurs talabasi – 89 ball;
Shuningdek, chiroyli husnixati uchun: Zarina Erkinova, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi.

Professor-o'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan tanlov g'oliblari:
1-o‘rin – Dilora Ravshanqulova, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi – 93 ball;
2-o‘rin – Niginabonu Ne’matova, xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi – 92 ball;
3-o‘rin – Xabiba Raxmonova, tibbiy-fundamental fanlar kafedrasi dotsenti v.b., PhD – 91 ball.

Ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz! Tanlov g'oliblarini taqdirlash kuni haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.
​​​​​​​Umumiy ishtirokchilarning natijalarini ko'rish

Batafsil o'qish
None
19 Okt 2026
E’LON! MEHMON MA’RUZASI

Debrecen universiteti (Vengriya) professori, huquq fakulteti dekani Daniel Haitas Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalariga "Qadimdan bugungacha boʻlgan vaqt mobaynida Yevropa-Oʻzbekiston munosabatlari" mavzusida ma'ruza o'tishi rejalashtirilgan. Sana: 20-22-oktabr kunlari, soat 10:00 da D bino 113-xonada Tashrif Yevropa Ittifoqining Erasmus + fondi hisobidan toʻliq moliyalashtiriladi. Ishtirok etish istagidagi barchani kutib qolamiz!

Batafsil o'qish
None
15 Okt 2026
Professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar o'rtasida "Ommaviy diktant" tanlovi bo'lib o'tdi

21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Ommaviy diktant” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, ishtirokchilarning imloviy savodxonligini oshirish hamda adabiy til me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalari, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish va matnni savodli yozish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Tanlov professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun ona tilimizning boy imkoniyatlarini chuqurroq anglash, til madaniyatini rivojlantirish va o‘z bilimlarini mustahkamlash imkonini berdi.

O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizning muhim timsolidir. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning burchimizdir. Shu ma’noda, bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida tashkil etilgan “Ommaviy diktant” tanlovi ishtirokchilarning til savodxonligini oshirish, o‘zbek tilining mavqeini mustahkamlash va davlat tiliga bo‘lgan ehtiromni yanada yuksaltirish yo‘lidagi muhim ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.

Batafsil o'qish
None
05 Okt 2026
"Besh tashabbus" olimpiadasi talabalar tomonidan a'lo kayfiyatda kutib olindi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talaba-yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus" olimpiadasiga start berildi.

Bugundan sport o'yinlarini sevuvchi talabalar o'rtasida turli sport turlari va o'yinlari bo'yicha qizg'in musobaqalarga start berildi.

Jarayonni biz bilan birgalikda kuzating!

Batafsil o'qish
None
21 Sen 2026
“Intellektual mulk obyektlari tasnifi hamda insonning aqliy va ijodiy faoliyati natijalarini muhofaza qilish tartibi” mavzusidagi seminar tashkil etildi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida “Intellektual mulk obyektlari tasnifi hamda insonning aqliy va ijodiy faoliyati natijalarini muhofaza qilish tartibi” mavzusidagi seminar tashkil etildi. O'tkazilgan seminarda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Samarqand viloyati filiali bosh maslahatchisi I.Ubaydullayev, KIUT Samarqand filiali rahbariyati hamda professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar davomida hamkorlikdagi ishlarni takomillashtirish, intellektual mulk obyektlari tasnifi hamda insonning aqliy va ijodiy faoliyati natijalarini muhofaza qilish tartibi hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil o'qish
None
21 Sen 2026
“Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar” tanlovi o'tkaziladi

Talaba-yoshlar o'rtasida jadidchilik harakati va qatag‘on qurbonlari hayoti hamda faoliyatini chuqur o‘rganish, qatag‘on qurbonlarining mamlakat taraqqiyoti, ilm-fan, ta’lim va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib etish, talabayoshlarning ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda ma’naviy meros va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, qo‘llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida “Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar” tanlovi tashkil etiladi.

Tanlov 2 ta yo'nalishni qamrab oladi:
- Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar
- Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan yozma mulohazalar (insho)

Tanlov o'tkazilish sanasi: 23-sentabr, soat 14:00
D bino 113-xona

Tanlov nizomi bilan tanishish

Batafsil o'qish
None
05 Sen 2026
Rasman, 7-sentabrdan darslar boshlanadi!

KIUT Samarqand filialida 2026/2027-o'quv yili uchun dars mashg'ulotlari qachondan boshlanishini ma'lum qilamiz:

1-kurslar uchun - 7-sentabrdan;
2-3-4-kurslar uchun - 14-sentabrdan;
2-kurs magistrantlar uchun - 14-sentabrdan dars mashg'ulotlari boshlanadi.

1-kurs magistrantlar uchun dars mashg'ulotlari qachondan boshlanishi bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi.

Batafsil o'qish
None
13 Avg 2026
Arxitekturada o'qish uchun TOP 3 ta sabab

Arxitektura — bu shunchaki bino chizish emas, balki kelajak makonlarini yaratish san’atidir. Ushbu yo‘nalishni tanlagan talabalar ijodkorlik, texnologiya va muhandislik bilimlarini birlashtirib, zamonaviy loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Birinchidan, arxitektura o‘z g‘oyalaringizni real loyihalarga aylantirish imkonini beradi. Siz turar joylar, biznes markazlari, jamoat binolari va boshqa zamonaviy inshootlarni loyihalashni o‘rganasiz.
Ikkinchidan, bu kelajagi bor va talab yuqori soha. Shaharlar rivojlanishi, yangi qurilishlar va zamonaviy infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyoj malakali arxitektorlarga doimo talab yaratadi.
Uchinchidan, arxitektura ijod va texnologiyani birlashtiradi. 3D modellashtirish, dizayn dasturlari va zamonaviy qurilish texnologiyalari orqali siz nafaqat chiroyli, balki funksional loyihalarni yaratishni o‘rganasiz.
Arxitektura — bu kelajakni tasavvur qilish emas, uni o‘z qo‘llaringiz bilan loyihalashdir!

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali arxitektura va shaharsozlik yo'nalishiga hujjat topshiring va talaba bo'ling!

Batafsil o'qish
None
12 Avg 2026
Professor-o'qituvchimiz AQShning yirik universitetlarining birida malaka oshirmoqda

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali dotsenti v.b., PhD Nuraliyeva Ozoda Narboyevna AQShning Rowan universitetida “Ta’limda sun’iy intellekt nazariya, liderlik va amaliyot” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish dasturi
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish instituti hamda Nordik xalqaro universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur dasturda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali ingliz tili kafedrasi 1 nafar professor-o‘qituvchisi ishtirok etmoqda.

Dastur davomida ishtirokchilar sun’iy intellektning nazariy asoslari, zamonaviy AI platformsi ta’lim jarayonida samarali foydalanish, ularni universitet boshqaruvi va ta’lim tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalari o‘rganmoqda. Darslar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy trening va seminarlar shaklida tashkil etilayotgani ishtirokchilarga o‘z kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda.

Batafsil o'qish
None
12 Avg 2026
KIUTda yangi yo‘nalishlar ochildi!

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 10 ta yangi bakalavriat yo‘nalishi va 12 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi bakalavriat yo‘nalishlari:

🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔹Barqaror transport
🔹Biotexnologiya
🔹Dasturiy injiniring
🔹Jismoniy madaniyat
🔹Kompyuter injiniringi
🔹Sanoat muhandisligi va menejmenti
🔹Sun’iy intellekt
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili)
🔹Xalqaro munosabatlar

Shuningdek, mavjud ikkita bakalavriat yo‘nalishining nomi o‘zgartirildi:

Chiroy estetikasi — Kosmetologiya
Rus filologiyasi — Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)

Yangi magistratura mutaxassisliklari:

🔸Amaliy matematika
🔸Arxitektura tarixi va nazariyasi
🔸Atrof-muhit muhandisligi
🔸Dasturiy injiniring
🔸Jahon iqtisodiyoti
🔸Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
🔸Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)
🔸Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (xitoy tili)
🔸Maxsus pedagogika (surdopedagogika)
🔸Rangtasvir
🔸Tarix
🔸Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish

Batafsil: (55) 702-40-40

Batafsil o'qish
None
11 Avg 2026
“Kelajakka qadam” — yoshlarga keng imkoniyatlar!

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo‘nalishlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

 Dastur doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:

— “Tadbirkorlikka ilk qadam” - https://nbu.uz/kichik-biznes/kreditlar/yangi-kelajakka-qadam-kreditlari

— “Biznes start” - https://nbu.uz/kichik-biznes/kreditlar/yangi-kelajakka-qadam-kreditlari

— “Biznes progress” - https://nbu.uz/kichik-biznes/kreditlar/yangi-kelajakka-qadam-kreditlari

— “Talaba invest” - https://nbu.uz/kichik-biznes/kreditlar/yangi-kelajakka-qadam-kreditlari

— “Mening birinchi kasbim” -

💰 Ushbu loyihalar orqali:

• biznesni boshlash va kengaytirish

• kasb egallash va malaka oshirish

• yangi ish o‘rinlari yaratish

• xorijda o‘qish va tajriba orttirish

imkoniyatlari yaratilgan.

🚀 Endi siz ham o‘z g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!

📌 Batafsil: nbu.uz

📞 (78) 148 00 10

Batafsil o'qish
None
26 Noy 2025
Ta'lim granti natijalari e'lon qilindi

Batafsil o'qish
None
17 Noy 2025
Xalqaro talabalar kuni muborak bo'lsin!

Hurmatli talabalar!

Sizlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Bu kun – bilim, izlanish, yangilikka intilish va orzular sari dadil qadam tashlayotgan yoshlar bayramidir. Talabalik – inson hayotidagi eng yorqin, sermahsul va unutilmas davr bo‘lib, unda erishilgan yutuqlar, orttirilgan bilim va tajribalar kelajak muvaffaqiyatlarining poydevoriga aylanadi.

Aziz talabalar, sizning izlanuvchanligingiz, tashabbuskorligingiz va bilimga bo‘lgan cheksiz intilishingiz jamiyat ravnaqi hamda kelajak taraqqiyotining hal qiluvchi omilidir.

Sizlarga o‘qishlaringizda ulkan zafarlar, ijodiy ilhom, mustahkam sog‘liq va ezgu orzu-niyatlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Batafsil o'qish
None
15 Noy 2025
"Kimyoviy kinetika. Tezlikka ta'sir etuvchi omillar. Fermentativ kataliz" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi

Tibbiy-fundamental fanlar kafedrasi dotsenti v.b. Ikromjon Mamadoliyev DNT-S-252U guruhi talabalari uchun “Kimyoviy kinetika. Tezlikka ta’sir etuvchi omillar. Fermentativ kataliz” mavzusida mazmunli va amaliyotga boy ochiq dars o‘tkazdi.

📘 Dars davomida talabalar kimyoviy jarayonlarning mohiyati, reaksiyalar tezligiga ta’sir qiluvchi omillar hamda fermentlar yordamida kechadigan katalitik jarayonlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.

🧪 Amaliy qism darsning eng qiziqarli bo‘limi bo‘lib, unda mavzuni mustahkamlash maqsadida bir nechta kimyoviy eksperimentlar namoyish etildi. Talabalar reaksiyalar tezligidagi o‘zgarishlarni kuzatib, har bir omilning jarayonga qanday ta’sir qilishi bilan bevosita tanishdilar.

🎓 Bunday ochiq mashg‘ulotlar talabalar bilimini mustahkamlash, ularni ilmiy izlanishlarga qiziqtirish va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Batafsil o'qish
None
10 Okt 2025
Sanoat va ta’lim integratsiyasi: AQSh delegatsiyasi KIUT Samarqand filialida

AQShdan tashrif buyurgan biznes va ta’lim sohasida ko‘p yillik tajribaga ega Garri Li Doziyep hamda sanoat avtomatizatsiyasi va kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspert Gregori A. Rojerslar Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalari bilan uchrashishdi.

Tashrif davomida universitet rahbariyati va mehmonlar o‘zaro muloqot olib borib, ta’lim jarayonlarini takomillashtirish, sanoat bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, talabalarning xalqaro tajriba orttirishi uchun yangi yo‘llar ochish masalalarini muhokama qildilar. Mehmonlar o‘z sohalaridagi yutuq va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusida qo‘shma loyihalar, amaliy tadqiqotlar va talabalar uchun seminarlar tashkil etishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Ushbu tashrif KIUT uchun xalqaro nufuzni yanada oshirish, innovasion g‘oyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Batafsil o'qish
None
29 Iyl 2025
“TA’LIM JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi  PF-158-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6119-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, universitetda ta’lim sifatini oshirish va bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, turli fan sohalarida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning dolzarb muammolarga oid ilmiy izlanishlari, amaliyotda erishilgan yutuqlar va belgilangan vazifalarni bajarish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida 2025 yil 25-26 sentyabrь kunlari  “TA’LIM JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman  o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Anjuman o‘tkazilish joyi va vaqti: 2025-yil 25-26-sentabr kunlari, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali

(onlayn va oflayn formatda).

Anjumanga maqolalar qabulining so‘nggi kuni: 2025-yil 20-sentabr.

Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.

ANJUMAN TASHKILOTCHILARI:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti;

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali;

Varna University of Management;

Kangwon National University in Chuncheon.

ANJUMANGA TAKLIF ETILGAN XALQARO HAMKORLAR:

  • Kazakh National University named after Al-Farabi
  • Xinjiang Normal University
  • University of East London
  • Tomsk State University
  • University of Granada
  • Varna University of Management
  • University of Ruse
  • Belgorod State University
  • Firat University
  • Satbayev University
  • Kangwon National University in Chuncheon
  • University of Evansville
  • QA Ulster University
  • Dong-a university in Busan
  • “Angel Kanchev” University of Ruse
  • Volga State University of Technology
  • L.N. Gumilyov Eurasian National University
  • Academy of Science of Baku

vaMDH ningboshqamamlakatlaridagiqatoruniversitetlar,  shuningdek,  boshqaoliyta’limmuassasalari,  manfaatdor vazirlik vaidoralar, turlijamoattashkilotlari.

Ilmiy amaliy anjuman jarayonida ta’lim jarayonini raqamlashtirish istiqbollari va muammolari,  hamda ularning yechimlari bo‘yicha quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi:

I SHO‘BA:TA’LIM JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH VA INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI

Ta’limda raqamli va innovasion texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy mexanizmlari;

Ta’limni raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligini baholash va tartibga solish masalalari;

Raqamli muhitda ta’limning samarali boshqaruv yo‘nalishlari: milliy va xalqaro tajriba;

II SHO‘BA: IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI

Ijtimoiy va gumanitar fanlarda raqamli ta’lim platformalarining qo‘llanilishi;

Ijtimoiy-gumanitar ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: muammo va istiqbollar; 

Madaniy me’ros va milliy qadriyatlarni raqamlashtirishning dolzarb masalalari.

III SHO‘BA: XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA VA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA RAQAMLI VOSITALARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Raqamli vositalar orqali talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

O‘quvchilarning raqamli savodxonligini shakllantirishda o‘qituvchining roli;

Raqamli vositalar asosida ta’lim sifati va samaradorligini rivojlantirish usullari;

Xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli taьlimdan samarali foydalanish.

IV SHO‘BA: ANIQ VA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONINING AHAMIYATI VA YUTUQLARI

Matematika-fizika  fanlarini o‘qitishning innovasion usullari, sohada erishilgan so‘nggi yutuqlar ;

Raqamli texnologiyalar asosida interaktiv vositalar va virtual laboratoriyalarni qo‘llashning ahamiyati;

Arxitektura-dizayn va shaharsozlikda energiya tejamkorlik hamda yashil texnologiyalarni joriy etish;

Zamonaviy avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasidagi ekologik va harakat xavfsizlik muammolari, yechimlari va tendensiyalari;

Tabiiy fanlarning rivojida va ularni o‘qitish jarayonida raqamlashtirishning o‘rni.

V SHO‘BA: TIBBIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Tibbiy ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy raqamli o‘qitish platformalari va vositalarining ahamiyati;

Tibbiy ta’limda sun’iy idrok, talabalar bilimini baholashning raqamli tizimlarni joriy etish;

Tibbiyotda ta’limning mobil vositalar va ilovalaridan foydalanishdagi afzalliklari;

Tibbiy ta’lim bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

Xalqaro anjuman Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida oflayn va onlayn formatlarda bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy va mahalliy olimlar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar va talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Mazkur anjumanda har bir ilmiy maqola ekspertning ijobiy xulosasidan o‘tgandan keyin 100 000 so‘mdan chop etilishi ko‘zda tutilgan.

ANJUMAN MATERIALLARI (ILMIY MAQOLALAR)GA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

I. Ilmiy maqolaning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

1.1. Mavzuning qisqacha annotatsiyasi va kalit so‘zlar;

1.2. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi;

1.3. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili;

1.4. Muammoni hal qilish yo‘llari;

1.5. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar;

1.6. Kutilayotgan iqtisodiy samara.

II. Ilmiy maqola diqqat bilan tahrirlangan va nashrning barcha texnik talablariga javob berishi zarur, jumladan:

  • IMRAD talabi bo‘yicha yozilishi;
  • matn muharriri – MS Word;
  • bet – A4 formatda, kitob shaklida, har tomondan 20 mm;
  • shrift – Times New Roman, o‘lcham (kegl) – 14;
  • satrlar orasidagi va harf boshidagi interval – 1,0;
  • ilmiy maqolaning hajmi 2-5 betgacha;
  • yuqori o‘rtada (qalin) muallifning to‘liq familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, elektron pochtasi, shuningdek ilmiy maqola nomi yoziladi;
  • barcha jadvallar, diagrammalar va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomlari diagramma va rasmlar ostida, shuningdek, jadvallar ustida bo‘lishi kerak;
  • barcha grafik va diagrammalar MS Yexcel formatida bo‘lishi kerak;
  • formulalar MS Equation muharririda yozilishi kerak;
  • manbalar jadval, rasm va grafiklarda, matnda esa ularga havolalar ko‘rsatilishi kerak;
  • havolalar har bir sahifaning pastki qismida joylashtiriladi;
  • Ilmiy maqola o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin.

RO‘YXATDAN O‘TISH VA ANJUMAN MATERIALLARINI TAQDIM ETISH:

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va ilmiy tezis hamda maqolalarni taqdim etishda ma’lumotlar anketa bo‘yicha faqat elektron shaklda to‘ldiriladi va 2025 yil 20 sentyabrgacha  https://conference.kiut.uz sayti orqali yuborilishi kerak.

Taqdim etilgan ilmiy tezis va maqolalar yuqoridagi talablarga muvofiqligi tekshiriladi, jumladan, (https://www.turnitin.com/) antiplagiat dasturlarida, ekspert xulosasidan o‘tmagan materiallar nashr etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Mutaxassislarning ijobiy xulosalariga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar Google scholar va DOI, Open Air, Crossref, ISSN da indekslangan elektron to‘plamga kiritiladi hamda https://www.ieee.org/conferences, https://conference.kiut.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Anjuman materiallari to‘plam holatda elektron va bosma nashr etiladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: 140100, Samarqand shahri, H. Abdullayev ko‘chasi, 64-uy;

Bog‘lanish uchun telefonlar: 55-702-40-40 (105), @dr_annaev

Batafsil o'qish
None
03 Iyn 2025
Xalqaro fan olimpiadasi g'oliblari taqdirlandi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali tibbiyot ta'lim yo'nalishlari talabalari joriy yilning aprel-may oylarida Urganch va Buxoro shaharlarida bo'lib o'tgan xalqaro fan olimpiadalarida faxrli 1-2- va 3-o'rinlarni qo'lga kiritib qaytishdi. G'oliblarga universitet ma'muriyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari, ota-onalariga tashakkurnoma taqdim etildi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali 2024/2025-o'quv yilida ilk bor tibbiyot ta'lim yo'nalishlariga qabul jarayonlarini amalga oshirdi. Tibbiyot ta'lim yo'nalishlari ilk qaldirg'ochlarining xalqaro fan olimpiadalarida bo'y ko'rsatayotgani, g'oliblikni qo'lga kiritayotgani quvonarli holdir.

E'tirof etish joizki, bugungi kunda filial talabalarining Respublika va xalqaro yutuqlari sezilarli darajada oshib bormoqda. O'z ustida tinimsiz ishlaydigan, yangidan yangi bilimlarni o'zlashtirishga intiladigan talabalar nafaqat universitet faxri, balki, millat umididir!

Batafsil o'qish
None
31 May 2025
Koreys filologiyasi yo'nalishi talabasi Anora Abdurasulova xalqaro notiqlik musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi!

King Sejong instituti tomonidan  tashkil etilgan "Koreys tili notiqlik san'ati" musobaqasida Samarqanddagi oliy ta'lim muassasalarining koreys tili yo'nalishida tahsil oluvchi talabalari ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, o'tkazilgan musobaqada Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialining 2 nafar talabasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Koreys filologiyasi yo'nalishi 2-kurs talabasi Abdurasulova Anora faxrli 1-o'rinni egallab, musobaqaning xalqaro final bosqichiga yo'llanmani hamda kuzda Janubiy Koreyaga 1 haftalik sayohat qilib kelish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, koreys filologiyasi 1-kurs talabasi Daminova Feruzabonu faxrli 2-o'rinni egalladi.

Talabamizga musobaqaning final bosqichida omad va zafarlar tilaymiz!

Batafsil o'qish
None
22 May 2025
Professor-o'qituvchilarimiz Italiyada tashkil etilayotgan “Yevropa klinik tadqiqotchilar jamiyati”ning 59-yillik konferensiyasida ishtirok etmoqda

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali Tibbiyot ta'lim yo'nalishlari rahbari M.Annayev va Tibbiy-fundamental fanlar kafedrasi mudiri O.Sharipovalar Italiyaning Jenoa shahrida “Yevropa klinik tadqiqotchilar jamiyati”ning 59-yillik konferensiyasida ishtirok etmoqdalar.

Ushbu konferensiyada jahonning nufuzli xalqaro universitetlari va ilmiy tadqiqot markazlaridan 300 dan ortiq ilmiy tadqiqotchilar va tibbiyot xodimlari qatnashmoqda.

Konferensiya Jenoa shahrida joylashgan yirik San-Martino Polyclinic shifoxonasida o'tkazilmoqda.

Batafsil o'qish
None
03 May 2025
Ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida koreys tiliga qiziquvchi umumta'lim maktabi hamda akademik litsey o'quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi.

Ochiq eshiklar kuniga Samarqand shahrida tahsil oluvchi umumta'lim maktabi hamda akademik litsey bitiruvchi sinf o'quvchilari tashrif buyurdilar. Tadbir davomida o'quvchilarga universitetda yaratilgan sharoitlar, koreys tili yo'nalishi, TOPIK imtihonidan o'tish, Janubiy Koreyada tahsil olish va grant yutish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi. 

Shuningdek, o'quvchilar K-pop bilan birgalikda koreyscha qo'shiq kuylash, koreys milliy o'yinlarini o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishdi. Tadbirga monand yaratilgan koreys atmosferasi o'quvchilarda o'zgacha taassurot qoldirdi.

Batafsil o'qish