None

Vengriyalik professordan "Qadimdan bugungacha boʻlgan vaqt mobaynida Yevropa-Oʻzbekiston munosabatlari" mavzusida ma'ruza darsi


Debrecen universiteti (Vengriya) professori, huquq fakulteti dekani Daniel Haitas Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalariga "Qadimdan bugungacha boʻlgan vaqt mobaynida Yevropa-Oʻzbekiston munosabatlari" mavzusida ma'ruza o'tdi. Talabalar professor D.Haitasning ma'ruzasini maroq bilan inglashdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mr.Haitasning o'zbek xalqi madaniyati bilan tanishligi va ma'ruza davomida o'zbek madaniyatiga xos bo'lgan iboralarni qo'llashi yig'ilganlarda katta taassurot uyg'otdi.

Ma'lumot uchun, professor Daniel Haitasning navbatdagi ma'ruzasi 22-oktabr soat 10:00 da D-113-xonada bo'lib o'tadi.