"Ta'sischi kubogi" - kampuslararo do'stlik, yuqori sport mahorati va yengilmas shijoat birlashgan turnir!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bosh kampusi hamda Namangan va Samarqand filiali talabalari o'rtasida futbol sport o'yini bo'yicha "Ta'sischi kubogi" turniri bo'lib o'tdi. Universitetning Samarqand kampusi ushbu turnirga mezbonlik qildi. Jami 8 ta jamoa yuqori shijoat, aniqlilik va tezlik hamda jamoaviy birdamlik bilan kubok uchun o'zaro bellashishdi.
Natijalar quyidagicha:
1-o'rin - Toshkent
2-o'rin - Namangan
3-o'rin - Samarqand
Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Turnir yakunida kampuslararo musobaqalar davomli bo'lishi ta'kidlandi.
Turnir nafaqat 3 ta kampusda tahsil olayotgan talabalar o'rtasidagi bellashuv, balki o'zaro tanishuv va do'stlik aloqalarini o'rnatishi bilan ham ahamiyatlidir.
Musobaqa davomida jamoalar yuqori sport mahorati, birdamlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Bunday sport tadbirlari talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda universitet jamoalari o‘rtasida do‘stona raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, turnir talabalar uchun unutilmas taassurotlar va yangi do‘stlik rishtalarini yaratgan muhim sport tadbiriga aylandi.