“Men jamiyatning bir bo‘lagiman” shiori ostida ijtimoiy-psixologik trening tashkil etildi
SOS Bolalar mahallalari uyushmasi Samarqand filialida psixologiya yo'nalishi 3-bosqich talabalari ishtirokida “Men jamiyatning bir bo‘lagiman” mavzusida volontyorlik asosida ijtimoiy-psixologik trening tashkil etildi. Trening davomida bolalarda o‘ziga ishonch, ijtimoiy daxldorlik hissi va jamiyatda o‘z o‘rnini anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur tashabbus talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash, ularda ijtimoiy mas’uliyat, hamdardlik va insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.