None

Talabalar Parlamenti vitse-prezidentligiga nomzodlarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida Talabalar Parlamenti vitse-prezidentligi hamda filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti (BT) yetakchiligi lavozimlariga nomzodlarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Saralash jarayonida nomzodlar o‘zlarining tashabbuslari, istiqbolli loyihalari va talabalar hayotini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarini taqdim etdilar. Ularning loyihalari Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Talabalar Parlamenti Prezidenti Aylin Raxmatova boshchiligidagi kengash a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jarayon davomida nomzodlarning yetakchilik salohiyati, tashabbuskorligi, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari, mas’uliyati hamda ilgari surilgan loyihalarning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur saralash bosqichi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning liderlik qobiliyatlarini namoyon etish va universitet hayotida faol ishtirokini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Zero, faol, tashabbuskor va mas’uliyatli yoshlar — universitet taraqqiyoti hamda kelajak bunyodkorlaridir.