Fan olimpiadasi g'oliblari va kurs bitiruvchilari taqdirlandi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali tibbiyot fakulteti iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash, sun'iy intellekt va kompyuter texnologiyalari bo'yicha professor-o'qituvchilar va talabalar malakasini oshirish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu loyihalarning amaldagi natijasi o'laroq, fan olimpiadalari g'oliblari va sun'iy intellekt bilimdonlari yetishib chiqmoqda.
Kuni kecha ana shunday g'oliblar va bilimdonlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
KIUT Samarqand filiali, IT PARK Samarqand filiali va Fidelety AI Health hamkorligida o'tkazilgan "Sun'iy intellekt savodxonligi" o'quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan professor-o'qituvchilar va talabalar sertifikat bilan taqdirlandi.
Shuningdek, kampuslararo o'tkazilgan fan olimpiadasi g'oliblari va sovrindorlariga rahbariyat tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Filial direktori, professor Nizamjon Ishonkulov g'olib va sovrindorlarni taqdirlar ekan, universitet rahbariyati o'zining bilimi, iqtidori va salohiyati bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan talaba-yoshlarni har doim qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.