None

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Talaba Fest” tadbiri bo‘lib o‘tdi


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyati va iste’dodlarini namoyon etish hamda Xalqaro talabalar kunini munosib nishonlash maqsadida “Talaba Fest” bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, raqslar, sahna ko‘rinishlari va turli ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

Iqtidorli talabalar hamda ularning ota-onalari e'tirof etildi. "Talabalar Parlamenti" a'zolariga ishonch yorliqlari topshirildi.