Behbudiy merosining hozirgi avlod ta'limi va tarbiyasidagi ahamiyati: talabalarimiz Mahmudxo'ja Behbudiy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) — o‘zbek xalqining buyuk ma’rifatparvari, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri, yozuvchi, dramaturg, jurnalist va pedagog. U XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda xalqni ilm-ma’rifatli qilish, zamonaviy ta’limni rivojlantirish va jamiyatni isloh etish uchun faol kurashgan. Millat farzandlarini o'qimishli qilish maqsadida birinchi maktabni tashkil etgan va saboq bergan. Uning ma'rifatparvarlik harakatini o'tmishning eng qora va tahlikali davrlariga tog'ri kelganiga qaramay, Behbudiy o'z xonadonida bolalarga ta'lim berishda davom etdi, kitoblar yaratdi, teatr sahnalashtirdi. Garchi bu harakatlari unga qarshi ishlagan bo'lsa-da, hayotining oxiriga qadar millatning yorug' kelajagi yo'liga umid bilan davom etdi.
Ana shunday ma'rifatparvar ajdodlar ruhini shod etish, ular qldirgan boy madaniy merosni avlodlarga yetkazish maqsadida Behbudiy dars o'tgan xonadon bugungi kunda Behbudiy uy-muzeyi sifatida qayta ishga tushdi va ma'rifat uchun jonini fido etgan jadid tarixi haqida so'zlamoqda.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 253-guruh talabalari Behbudiy qoldirgan boy meros bilan yaqindan tanishish maqsadida Behbudiy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi. Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti A.Usmonov hamda uy-muzey direktori G.Axmedovlar talabalarga Behbudiy hayoti va faoliyati, ta'lim va ilmda tutgan ahamiyati haqida ma'lumot berishdi.
Bo'lajak pedagoglar bugungi kunda ta'lim uchun yaratilgan imkoniyatlar ortida bundan 1 asr avval o'z moli va jonini ayamagan buyuk ajdodlari ruhiga ehtirom keltirib, u qoldirgan boy ma'naviy meros haqida cheksiz taassurotga ega bo'lishdi.