Chiroy estetikasi

Chiroy estetikasi – invaziv boʻlmagan yoki minimal invaziv usullardan foydalanishni oʻz ichiga olgan kosmetologiyaning bir boʻlimi.

Farq shundaki, bu sohada ishlashni rejalashtirgan mutaxassislar chiroy estetikasi yoʻnalishida bakalavr darajasini olishi lozim.

Bu soha egalari shifokor emas, ular sogʻliqni saqlash xodimlari ham emas. Ular tegishli maʼlumotga, mahoratga ega boʻlgan chiroy va teri mutaxassislaridir. Bu xizmat koʻrsatish sohasi, tibbiyotga tegishli boʻlmay, ayni paytda chiroy estetikasi diplomiga ega boʻlgan mutaxassis oʻz vakolati doirasida mijoz sogʻligʻiga bevosita masʼul hisoblanadi.

Umumlashtirganda, hozirgi kunda chiroy estetika yoʻnalishi boʻyicha ikki toifadagi mutaxassislar oʻz ish faoliyatini olib boradi:

Chiroy Estetika dasturining (BSc. Beauty Aesthetics) asosiy maqsadi, ularni jahon shu jumladan milliy bozorda eng tez rivojlanayotgan segmentga nazariy va amaliy bilimga ega yuqori malakali diplomli mutaxassislarni tayyorlash.

Estetik kosmetologiya dasturi quyidagi nazariy bilimlarni va amaliyotni oʻz ichiga oladi:

TAʼLIM QANDAY OʻTADI?

Oʻquv mashgʻulotlar professional-jihozlangan laboratoriyada, tajribali va yuqori malakali professor — oʻqituvchilar, akademik va ilmiy markazlarda ish faoliyatini olib boruvchi professional praktik tomonidan olib boriladi.

Intensiv oʻquv dasturini tugatgandan soʻng talabalar nafaqat estetik kosmetologiya sohasida, balki toʻgʻri ovqatlanish, kosmetika ishlab chiqarish texnologiyasi, amaliy psixologiya, kosmetologiya sohasida biznesni boshqarish boʻyicha parallel mashgʻulotlar olib borilganligi sababli bu sohalarda keng koʻlamli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishadi.

Toʻrt yillik kunduzgi bakalavr dasturi, oʻqishning birinchi bosqichidan boshlanadigan koʻplab amaliy mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi.

Kelajak mutaxassislar kosmetik nuqsonlarning oldini olish usullarini oʻzlashtiradilar va turli xil kosmetik nuqsonlar uchun maxsus davolash va profilaktika dasturlarini amalga oshirishlari mumkin.

Bakalavr darajasiga ega boʻlgan mutaxassis qanday holatlar bilan ishla oladi:

Taʼlim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar Chiroy estetikasi (BSc. Beauty Aesthetics) yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini oladilar.

BAKALAVR DARAJASIGA EGA DIPLOMLI KOSMЕTOLOG OʻZ KASBIY FAOLIYATINI QUYIDAGI SOHALARDA OLIB BORISH HUQUQIGA EGA:

Chiroy estetikasi yoʻnalishi oʻzining mutaxassislik shifriga ega:

Taʼlim sohasi: Xizmat koʻrsatish sohasi.

Taʼlim yoʻnalishi: 61011100 – Chiroy estetikasi.

Yoʻnalish oʻquv rejasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiy taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.