Davolash ishi

Davolash ishi taʼlim yoʼnalishi – sogʼliqni saqlash sohasidagi yoʼnalish boʼlib, u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy koʼnikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yoʼnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Davolash ishi yoʼnalishi tibbiyotning eng nufuzli yoʼnalishlaridan biri boʼlib bu yoʼnalishda mamlakatimizda bu yoʼnalish boʼyicha kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinadi. 

Oʼquv dastur maqsadi

Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinikoldi va klinik fanlari boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalar berish. Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash.

Natija

6 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar umumiy amaliyot shifokori diplomiga ega boʻladilar.
Bitiruvchilar taʼlimni magistraturada 70 dan ortiq mutaxassisliklar boʻyicha davom ettirishlari mumkin boʻladi.
Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:
1-2 kurslarda talabalar tibbiy-biologik fanlar (odam anatomiyasi, tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, gistologiya, normal fiziologiya, tibbiyot kasbiga kirish va b.)
3-4 kurslarda talabalar klinikoldi va klinik fanlar (patologik anatomiya, patologik fiziologiya, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya, gematologiya, tibbiy psixologiya va b.)
5-6 kurslarda talabalar mutaxassislik fanlari (gospital jarrohlik, gospital terapiya, akusherlik va ginekologiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, psixiatriya, klinik farmakologiya, xirurgik kasalliklar, ichki kasalliklar va b.)dan tahsil oladilar.

Davolash ishi taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin: