English Education

English education oʻquv dasturining maqsadi yuqori malakali ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash hamda talabalarga ikkinchi fan (double degree), yaʼni gumanitar yoki aniq fanlar yoʻnalishlarida ham bakalavr darajasini berish.
English education bakalavr dasturi 148 kreditni oʻz ichiga olib, har bir semestr 20 kreditdan iborat. Oʻquv dasturi ingliz tilini oʻqitish metodikasining amaliy va nazariy jihatlari va talabalar tomonidan tanlangan yoʻnalishlardan biri (aniq yoki gumanitar)ni oʻz ichiga oladi.

1-oʻquv yili: talabalar ingliz tili fani (tinglab tushunish va gapirish koʻnikmalari; akademik oʻqish, akademik yozishga kirish va lugʻat boyligini oshirish), tarix va adabiyot, IT (informatsion texnologiya) sohalari boʻyicha oʻz bilimlarini oshiradilar.

2-oʻquv yili: talabalar metodika (raqamli sinfxona dasturini qoʻllash, zamonaviy oʻqitish metodlari), oʻrta asrlar tarixi va matematik metodlarni qoʻllash sohasida oʻz bilim va malakalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

3-oʻquv yili: talabalar oʻqitish metodikasi (zamonaviy oʻqitish metodlari, tadqiqot usullari, sinfni boshqarish, materiallarni loyihalash, saralash va dars jarayonida kerak boʻladigan qoʻllanmalarni yaratish)ga asosiy ahamiyatni qaratadilar. Shuningdek, ushbu bosqichda Ingliz tilida adabiyot, Sanʼat va din tarixi (gumanitar yoʻnalish), Matematika mohiyati va Amaliy matematika (aniq fanlar yoʻnalishida) qamrab olinadi.

4-oʻquv yili: ushbu bosqichda talabalar oʻquv dasturi tuzish, baholash usullari va mezonlari, Termodinamika asoslari va jismlar xususiyatlari (aniq fanlar yoʻnalishida) fanlarini oʻzlashtiradilar. Bunga qoʻshimcha ravishda talabalar oʻquv yilining ikkinchi semestrida malakaviy-amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladilar.


English Education taʼlimi yoʻnalishi bitiruvchilari quyidagi sohalarda faoliyat yurita oladilar:
Ingliz tili oʻqituvchisi
Yozuvchi
Muharrir
Jurnalist
Marketing
Tilshunos
Nashriyot boʻyicha mutaxassis.