Kosmik texnologiyalar
O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun jadal rivojlanayotgan kosmik texnika va istiqbolli kosmik texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash.
Talabalar samolyotlarni boshqarish tizimlari, kosmik aloqa va navigatsiya tizimlari, kosmik robototexnika, yerni masofadan zondlash tizimlarini ishlab chiqish va loyihalash bo'yicha fundamental tayyorgarlikdan o'tadilar. Ular eksperimental, nazariy va amaliy astronomiyani, iqtisodiyot tarmoqlari uchun masofadan zondlashning amaliy texnologiyalarini, shuningdek, tegishli tabiiy va texnik fanlar sohalarini o'zlashtiradilar.
Talabalar kosmik texnologiyalarni ishlab chiqish, yaratish uchun murakkab kompyuter va elektron-elektr komponentlarini o'rganadilar. Iqtisodiyotning turli sohalarida kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish uchun inson imkoniyatlarini kengaytiradigan sun'iy yo'ldosh tizimlari va nanosun’iy yo‘ldoshlarni qanday yaratishni bilib oladilar.
“Kosmik texnologiyalar” bakalavriat bitiruvchilari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lishadi:
- Raketa-kosmik komplekslarning ekspluatatsiyasi;
- Sun'iy yo'ldosh aloqasi va radioeshittirish uchun yer usti majmualarini ekspluatatsiya qilish; (Yer usti sun'iy yo'ldosh aloqasi va eshittirish komplekslaridan foydalanish)
- Kosmik kemalarni sinovdan o'tkazish va ballistik ta'minlash texnologiyalari;
- Raketa va kosmik komplekslardan foydalanishning ekologik xavfsizligi.