Liboslar dizayni

Liboslar dizayni taʼlim dasturi Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining Sanʼat maktabi tarkibida faoliyat yuritadi. Ushbu yoʻnalish bugungi kunda rivojlangan badiiy taʼlim dasturlaridan biri boʻlib, erkin ijodiy faoliyat, yengil sanoat kabi sohalar mutaxassislarini tayyorlaydi. Libos dizaynerining ixtisoslik bo‘yicha faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:

Libos, toʻqimachilik, aksessuarlarning yangi turlarini loyihalash;

Ijodiy gʻoyalarni amalga oshirish;

Yangi gʻoyalar konsepsiyalarini ishlab chiqish;

Zamonaviy liboslarning funksional va badiiy bogʻliqligini inobatga olgan holda yaratish.     

“Liboslar dizayni” taʼlim dasturi 4 yilga (8 semestr) moʻljallangan boʻlib, nazariy va amaliy fanlar oʻzaro ketma-ketligida olib boriladi. Taʼlim jarayoni davomida talabalar libos loyihasini yaratish, moda illustratsiyalari, gazlamalar bilan ishlash, modellashtirish, libos yaratishning texnologik jarayoni, kompyuter dasturlarida loyihalarni bajarish kabi koʻnikmalarga erishadilar.
Dasturni tamomlagach talabalar – 60210400 “Libos dizayni” ixtisosligi boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻladilar.