Moliya
Yoʼnalish tavsifi:
Moliya – bu pul, investitsiyalar va boshqa moliyaviy aktivlarni boshqarish bilan shugʻullanadigan soha. U resurslarni taqsimlash va risklarni boshqarish boʻyicha asosli qarorlar qabul qilish uchun moliyaviy ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va talqin qilishni oʻz ichiga oladi. Moliya ham shaxsiy, ham korporativ moliya bilan bogʻliq boʻlib, sarmoya, bank, sugʻurta, koʻchmas mulk, buxgalteriya hisobi va iqtisod kabi keng koʻlamli mavzularni qamrab oladi.
Yoʼnalish maqsadi
Dasturning asosiy maqsadi - kasbiy tayyorgarlik va turli xil fanlarni oʼrganish jarayonida olingan nazariy bilimlarni doimiy ravishda rivojlantirish va ulardan davlat, korporativ va shaxsiy moliya sohasida amaliy foydalanishdir.
Shu bilan bir qatorda, quyidagilar ham yoʼnalish maqsadi hisobladi.
- talabalarni moliya va moliyaviy munosabatlarning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari bilan tanishtirish;
- yuqori malakali moliyachilarni tayyorlash, talabalarning davlatning amaldagi moliyaviy siyosatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha koʼnikma va malakalarini rivojlantirish;
- iqtisodiyotdagi dolzarb moliyaviy muammolarni optimal yechimini topish maqsadida talabalarning tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
- talabalarning hozirgi faoliyatida olgan bilimlarini amaliyotda qoʼllash koʼnikmalarini rivojlantirish;
- Uzluksiz oʼqish va shaxsiy rivojlanish yehtiyojini rivojlantirish;
Taʼlim
"Moliya" fanining oʼquv dasturi moliya, matematika va biznes fanlari oʼrtasidagi uzviy bogʼliqlikda taqdim etilgan. Talabalar klassik, zamonaviy iqtisodiy tamoyillar va nazariyalar bilan tanishadilar. Dastur doirasida ular davlat va korporativ moliyani oʼrganadilar. Bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagandan soʼng, bitiruvchilar korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish va ilmiy loyihalar ustida ishlash koʼnikmalariga ega boʼladilar.
Ishga joylashish imkoniyatlari
Investitsion banklar
Korporativ moliya
Risklarni boshqarish
Moliyaviy rejalashtirish va tahlil (FP&A)
Aktivlar boshqaruvi
Sugʻurta
Koʻchmas mulk
Buxgalteriya hisobi
Savdo va sanoat sohalari
Moliyaviy maslahat xizmatlari
Shuningdek, davlat tashkilotlari, notijorat tashkilotlarning moliyaviy boshqaruvida ham faoliyat olib boradilar.
Ishga joylashish sohalari:
- Davlat tashkilotlari moliya boʼlimlari, boshqaruv organlari moliya boʼlimlari, byudjet tashkilotlari, tijorat banklari, sugʼurta kompaniyalari, konsalting agentliklari, brokerlik kompaniyalari;
- Yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalarning vakolatxonalari va dilerlik markazlarining moliyaviy resurslarni boshqarish bilan shugʼullanuvchi boʼlimlarida;
- Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi, soliq inspektsiyalari, mahalliy moliya boʼlimlarida;
- Elektron tijorat bilan shugʼullanuvchi kompaniyalarda;
- Ilmiy tadqiqot tashkilotlari, turli jamoat tashkilotlari, fondlari.