Qurilish

Bugungi kunda qurilish sanoati jadal rivojlanmoqda, bu esa qurilish obyektlarini loyihalash, qurish, foydalanish va rekonstruksiya qilish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etmoqda. Qurilish muhandisining kasbiy faoliyati quyidagi funksiyalar bilan bogʻliq: qurilish ishlab chiqarishni tashkil etish va qurilish jarayonlarini boshqarish, metall, temir-beton, tosh konstruktsiyalar, zamin va poydevorlarni, shuningdek, umuman strukturaning konstruktiv elementlarini loyihalash; suv ta’minoti, issiqlik va gaz ta’minoti va ventilatsiyaning ayrim masalalarini hal qilish, texnik hujjatlarni ishlab chiqish bilan bogʻliq.

Ular nimani oʻrganadilar:

Qurilish yoʻnalishi talabalari oʻqish davomida qurilish obyektlari va tizimlarini loyihalash, yaratish, ulardan foydalanish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, arxitektura va qurilish sohasi boʻyicha kerakli barcha bilimlarni oladilar. Boʻlajak quruvchilar muhandislik grafikasi, mexanika, qurilish muhandisligi, arxitektura va qurilish konstruksiyalari asoslari hamda qurilish materiallari kabi fanlarni chuqur oʻrganadilar. Qurilishda hayot xavfsizligini tashkil etish va boshqarish asoslarini ham oʻzlashtiradilar. Amaliyotni qurilish kompaniyalari, loyihalash tashkilotlari va arxitektura byurolarida o‘tash imkoniyatiga ega boʻladilar.

Ishga joylashish imkoniyatlari:

Oʻquv rejasini tugatgandan soʻng ushbu mutaxassislik bitiruvchilari transport, sanoat va fuqarolik obyektlarini loyihalash va qurish bilan shugʻullanuvchi loyiha-qurilish tashkilotlari va firmalarida ishlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Loyihalash tashkilotlarida ular muhandis-konstruktor, chizmachi, qurilish tashkilotlarida esa qurilish ustasi, qurilish jarayonini boshqarish (prorab) lavozimlarini egallashlari mumkin.