“Ingliz tili” kafedrasi 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Samarqand filialining yirik o‘quv va ilmiy bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. Kafedra xorijiy tilni o‘qitishning asosiy markazlaridan biri bo‘lib, talabalarni xalqaro miqyosdagi til kompetensiyasiga ega, raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.
Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
1. “English Education” yo‘nalishi
Buyuk Britaniyaning Norwich Institute for Language Education (NILE) va Toshkent shahridagi Kimyo Xalqaro Universiteti ingliz tili taʼlimi kafedrasi hamkorligida O‘zbekistonda ilk bor noyob loyiha yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyiha doirasida talabalar ingliz tilini boshqa fanlar bilan uyg‘unlashtirgan holda (CLIL modeli asosida) ta’lim oladilar va kelajakda ingliz tili, adabiyot, tarix, fizika va matematika fanlari o‘qituvchisi sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu yo‘nalishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar xalqaro malakaga ega mutaxassis sifatida davlat va xususiy maktablar, litseylar hamda kollejlar tizimida faoliyat yuritish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Darslar zamonaviy uslub va texnologiyalar asosida olib boriladi. CEFR (A1–C1) daraja tizimi asosida til kompetensiyasi rivojlantiriladi. Grammatika, lug‘at, fonetika, yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalari interaktiv metodikalar, multimedia vositalari, rolli o‘yinlar va muhokamalar orqali shakllantiriladi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturlari NILE bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. O‘qitiladigan asosiy fanlar quyidagilardan iborat:
2. Maxsus sohalar uchun ingliz tili (ESP)
Fakultet va yo‘nalishlarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda talabalar kasbiy ingliz tilini o‘zlashtiradilar. Xususan:
Kafedra tarkibi va ilmiy faoliyat
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Samarqand filialining “Ingliz tili” kafedrasida 10 nafar asosiy shtatdagi o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Kafedra a’zolari ingliz tilini o‘qitish metodikasi, umumiy va amaliy tilshunoslik, tarjimashunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya hamda ikkinchi tilni o‘zlashtirish (SLA) yo‘nalishlarida ilmiy izlanish olib boradilar.
O‘qituvchilar ilmiy maqolalar va tezislar tayyorlaydilar, milliy va xalqaro ilmiy anjumanlarda muntazam ishtirok etadilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari CELTA, TESOL, TEFL kabi xalqaro malaka oshirish dasturlarida qatnashib, o‘z pedagogik salohiyatini oshirmoqda.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlari tashkil etilgan.
Talabalar bilan ishlash va tashabbuslar
Talabalar bilan ishlash kafedraning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Speaking Club, IELTS Writing Club, Movie Club kabi klublar muntazam faoliyat yuritadi. Har yili Spelling Bee, KIUT Writing va Speaking tanlovlari, Speed Typing Contest, Miss KIUT kabi musobaqalar, shuningdek, ingliz tilidagi taqdimotlar, debatlar va mahorat darslari tashkil etiladi.
2019 yildan boshlab u dars berishni boshladi. Bakalavrlar uchun «21 century skills», va «English Language» fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Nuridinova Sabiya tomonidan 4 ta maqolalar va 2 ta uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan. Nuridinova Sabiya quyidagi diplom va sertifikatlarga ega: TESOL (Teaching English to Speakers of Other Languages), TEFL (Teaching English as a Foreign Language), CEFR (Common European Framework of Reference for Languages), IELTS (International English Language Testing System).
2019 yildan boshlab u dars berishni boshladi. Bakalavrlar uchun «General English», va «English Language» fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Tashpulatova Sayfura tomonidan 3 ta maqolalar va 2 ta uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan. Tashpulatova Sayfura quyidagi diplom va sertifikatlarga ega: TESOL (Teaching English to Speakers of Other Languages), TEFL (Teaching English as a Foreign Language), TKT (Teaching Knowledge Test), IELTS (International English Language Testing System).