Iqtisodiyot kafedrasi

Kafedra 2023-yil dekabr oyida “Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasidan alohida “Iqtisodiyot” kafedrasi sifatida ajralib chiqib, faoliyatini boshlagan. Keyingi o‘quv yillari davomida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar xalqaro hamkorlik va boshqa sohalarda tizimli ravishda ishlar amalga oshirilib bormoqda. Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish va fanlar integratsiyasi asosidagi yondashuvlar ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Professor – o‘qituvchilarning pedagogik mahoratlari oshirilishi, yangi avlod darsliklari, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanmalar va elektron o‘quv resurslari bilan ta’lim jarayonini ta’minlash, talabalarning mustaqil tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ilmiy tadqiqot faoliyati ham yangi bosqichga ko‘tarilib, xalqaro bazalarda maqolalar chop etish orqali natijadorlikka erishilmoqda.

Talabalarning ma’naviy kamoloti, tandiqiy fikrlash, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida turli tadbirlar, uchrashuvlar va loyihalar tashkil etildi va amalga oshirilgan ishlar ijobiy samara bermoqda.

Kafedraning maqsadi – Kafedraning maqsadi iqtisodiy yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarga sifatli ta’lim berish, universitetning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda ta’limning sifatini kerakli darajada ta’minlash maqsadida bu bo‘linmalar bilan faoliyatning mutanosibligini takomillashtirish va buning uchun kafedra zimmasidagi barcha mas’uliyatli ishlarni bajarish uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishdir.

Kafedraning vazifalari:

  • Talabalarning darslarning o‘z vaqtida aktual bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanib talabalarning kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun bugungi kun zamon talabi bo‘lgan iqtisodiy dolzarb bo‘lgan bilimlarni talabalarni o‘qitish;
  • Talabalarga zamonaviy metodlardan foydalangan holda darslar o‘tiladi, tegishli iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy darslar amaliyot bilan uyg‘unlikda o‘tilishini tashkil etish, talabalar amaliy darslarni ta’lim yo‘nalishlari kesimidan fan doirasida amaliy bilimlarini boyitish maqsadida turli obyektlarga borib dars o‘tilishini ta’minlash;
  • Ilmiy tadqiqot ishlari sohasida buxgalteriya, moliya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, marketing, bank sohasi hamda turizm yo‘nalishlari uchun yangi ilmiy adabiyotlar yaratish, turli iqtisodiy yo‘nalishlar talabalari uchun ularning kelajakda faoliyat yuritishi kutilayotgan joylarda kerak bo‘ladigan bilimlarni yetkazib bera oladigan darajadagi ilmiy asar va adabiyotlar bo’lishini ta’minlash;ta’lim sifati va mazmunini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda yanada yaxshilash;
  • ilmiy – tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish va grantlarda ishtirokini kengaytirish;
  • professor - o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha xorijiy tajriba almashinuv dasturlarini joriy etish;
  • talabalarning ijtimoiy faolligi, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash;
  • xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida talabalarning universitet ichki tartib qoidalariga rioya etishini targ‘ibot qilish, yuksak ma’naviyat va axloq qoidalarini talabalar o‘rtasida targ‘ib qilish, nafaqat bilimli, balki kasb etikasi va ma’naviy axloq-odobni talabalarga tushuntirish ishlarini olib borish.
Muradova Nargiza Uljayevna
Muradova Nargiza Uljayevna
Kafedra Mudiri

Xamroyev Mexroj Sirojxonovich
Xamroyev Mexroj Sirojxonovich
O'qituvchi

Iqtisod fanlari bo’yicha falsafa doktori tel. (+998 91) 532 06 23