“Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi 2024 yil oktyabr oyida tashkil etilgan. 2024 yilda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tarkibidan ajralib chiqdi.
1. O’quv-metodik ta’minotiga qo’yiladigan talablar:
1.1. Har bir bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun malaka talablari mavjudligi bo’yicha - davlat ta’lim standarti va kasb standarti talablariga muvofiq bo’lishi;
1.2. O’quv rejadagi har bir fanning o’quv dasturlari mavjudligi bo’yicha - davlat ta’lim standartlari va malaka talablari belgilangan bilim, malaka, ko’nikma va kompetensiyalarning talabalarda to’liq shakllantirish imkonini yaratadigan darajada bo’lishi va boshqalar.
2. O’quv va o’quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan ta’minlanganligi bo’yicha:
2.1. Bakalavriat yo’nalishida - har 3 nafar talabaga 1 donadan;
“Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining mahsus buyrug’ida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024/2025 o’quv yili uchun “Davolash ishi”, “Oliy hamshiralik ishi”, “Pediatriya ishi”, “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha quyidagi o’quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilgan:
-bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun o’quv reja;
-individual ta’lim traektoriyalariga asoslangan, talabalarda ijodiy fikrlash, amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ishchi o’quv reja;
-o’quv dastur (sillabus)lar;
-ta’lim yo’nalishining amaliyot dasturlari;
“Davolash ishi”, “Oliy hamshiralik ishi”, “Pediatriya ishi”, “Stomatologiya”ta’lim yo’nalishining bir kursida 124 nafargacha talaba tahsil olib, ular o’qitiladigan fanlar doirasida 100 foiz o’quv adabiyotlar bilan, belgilangan talabalarga mos ravishda ta’minlangan. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida 2024-2025 o’quv yilida 1 ta “bioorganic kimyoning nazariy asoslari” nomli o`quv qo`llanma yaratilgan.
“Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 1 ta monografiya tayyorlangan. Jumladan Mamadoliyev Ikrom Ilxomidinovichning “Mahalliy xomashyolardan olingan mеzog‘ovakli sеolitlarning strukturaviy va sorbsion xossalari” nomli monografiyalar nashr etildi.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni samarali tashkil etish uchun dasliklar, o’quv - uslubiy qo’llanmalar, o’quv reja va o’quv-uslubiy qo’llanmalar boshqa turdagi uslubiy ko’rsatmalar, videoma’ruzalar, turli o’quv materiallari muntazam ravishta yangilanib kelmoqda. iy yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan, 1 ta o’quv qo’llanma yaratildi. 2025-2026 o’quv yilida kafedrada o’qitiladigan fanlar bo’yicha 2 ta darslik, 6 ta o’quv qo’llanma, metodik qo’llanmalar yaratish rejalashtirilgan. Kafedraning barcha professor-o’qituvchilari o’quv adabiyotlarini yaratishda faol ishirok etib kelmoqdalar.
Kafedra ilmiy ishlar natijalari monografiya, ilmiy maqola va ma’ruza tezislari ko’rinishida chop etilgan. Jumladan, joriy yilda 2 ta monografiya, 1 ta o’quv qo’llanma, respublika ilmiy jurnal va to’plamlarida 6 ta, xorijiy impakt faktorli jurnallarda 12 dan ortiq maqolalar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan nashr etilgan. 2024-2025-yillarda kafedra professor-o’qituvchilaridan Xoliqova F.F. pedagogika fanlari bo’yicha falasafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
“Yoshlar va biznesni qo’llab quvvatlash yili”da kafedrada “....” ilmiy to’garagining faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, universitetda “Medical biology, general genetics” fanidan iqtidorli talabalarni xalqaro va Respublika fan olimpiadalariga tayyorlash, ular bilan ilmiy izlanishlar olib borish kabi qator vazifalar belgilangan. Iqtidorli talabalarga konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etishlari uchun ularga yetuk, tajribali professor-o’qituvchilar biriktirilgan bo’lib, ilmiy izlanishlari uchun maslahatlar berib boriladi.
Iqtidorli talabalar bilan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida 2024-2025 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy va o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o’quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to’g’risida” 2022-yil 3-oktabrdagi 560-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy, o’rta maxsus va professional ta;lim muassasalari talabalari va o’quvchilarinig qishki ta’til davrini mazmunli o’tkazish va professor-o’qituvchilar uchun seminar lar tashkil etish maqsadida vazirlikning va universitetning maxsus buyrug’i ijrosi bo’yicha kafedra olimpiada ishlari tashkil etildi.
Uning natijasiga ko’ra, “Medical biology, general genetics” fanidan “Hujayradan organizmgacha” olimpiadasi bo’yicha quyidagi talabalar g’olib deb topildi:
“Davolash ishi” ta’lim yo’nalishi, MED-S-124U guruhi talabalari Jurakulova Xadichabonu Akmalovna va Pulodov Shuxrat Shokirovich, NRS-S-124U talabalari Elova Shaxzoda Ibbodula qizi va Bobonorova Charos Zafar qizi 2025-yil 25-26-aprel Xorazmda bo’lib o’tgan “URGANCH 2030” xalqaro olimpiadasida “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi Ruziyeva Soxiba Yuldashevna rahbarligida 3-o’rin va nominatsayalar sohibi bo’lishdi.
Buxoro shahrida 2025-yil 20-21-may kunlari o’tkazilgan “Abu Ali Ibn Sino ta’limotidan-uchinchi RENESANSGACHA V” Xalqaro olimpiadasida “Davolash ishi” ta’lim yo’nalishi, MED-S-124U guruhi talabalari Jurakulova Xadichabonu Akmalovna va Pulodov Shuxrat Shokirovich, PED-S-124U talabasi Axmatova Fotima Xayrullo qizi va a qizi va “Davolash ishi” ta’lim yo’nalishi MED-S-424U Omonova Asaloy Baxtiyor qizi “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi dotsent, fan doktori Mamadoliyev Ikromjon Ilxomiddinovich rahbarligida 1-va 2-o’rinlarni egallashdi.
Kafedra mudiri va “Tibbiyot ta’lim yo’nalishlari” rahbari rahbarligida DNT-S-124U talabasi Mamashukurova Zarina Xasan qizi Italiyada bo’lib o’tgan konferensiyada ishtirok etishgan.
Kafedrada asosan 25 ga yaqin turli tibbiy fundamental va chuqurlashtirilgan tibbiy fanlari o‘qitiladi. “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasida bugungi kunda 6 nafar asosiy shtat va 3 nafar tashqi o‘rindosh,professor - o‘qituvchilari faoliyat yuritadi. Kafedraning maqsadi – vatanparvar, fidoiy, o‘z kasbining ustasi, zamonaviy va jahon standartlari talabiga javob bera oladigan shifokor kadrlar tayyorlab chiqarishdir.
Kafedraning vazifalari:
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida - “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi professor o‘qituvchilari ma’naviy-marifiy sohada ko‘plab ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Kafedrada olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy uslubiy ishlar: 2024-2025 o’quv yilida “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini yillik bajarilish holati bo’yicha barcha tadbirlar amalga oshirildi, ko’zlangan natijalarga erishildi. Universitet miqyosida tashkil etilgan tadbirlarga jumladan Zakovat intelektual o`yinida professor-o’qituvchilar ishtirok etib, 1chi o`rinni egallashdi. Buyuk mutafakkir, g‘azallar mulkining sultoni mir Alisher Navoiy tug‘ilganligining 584 yilligini nishonlash va Navoyixonlik davra suhbativaToshkent Tibbiyot Akademiyasi Yoshlar bilan ishlash bo`yicha birinchi prorektor t.f.d., Bobomuratov Turdiqul Akramovich Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali Tibbiy fundamenta fanlar kafedrasida tibbiyot yo`nalishi talabalari bilan suxbatlar olib borildi.Bugungi kunda dolzarb mavzulardan hisoblangan “Terrorizmga qarshi kurash”, “Diniy ekstremizm va terrorizm zamonga tahdid”, “Buzg’unchi g’oyalardan saqlash”, “XXI asrning muammosi-Terrorizm” kabi davra suhbatlari aynan mutaxassislar ishtirokida hayotiy misollar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida qator tadbirlar amalga oshirildi va kafedra bo’yicha professor-o’qituvchilarining rejalashtirilgan “USTOZ-SHOGIRD” ISHLARI IJROSI to’liq bajarildi.
Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazi’hini ta’minlash maqsadida “Zakovat”, futbol, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirib kelmoqda.