Xorijiy tillar kafedrasi

  1. “Xorijiy tillar ” kafedrasi 2022-yilda tashkil topgan bo‘lib “Xorijiy tillar” kafedrasi  bakalavriyat yo‘nalishlarida Tarjimashunoslik (xitoy-ingliz), Rus tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarda), Koreys filologiyasi, Yapon tili, Turk tili va undan tashqari magistratura yo‘nalishlarida Lingvistika (rus tili), Lingvistika (koreys tili) mutaxasisliklari mavjud.
  2. Kafedraning maqsadi –Xorijiy tillar kafedrasining asosiy maqsadi — talabalarga zamonaviy xorijiy tillarni o‘qitish, ularning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish orqali xalqaro miqyosda raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Kafedra talabalarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham berishni ko‘zda tutadi.
  3. Kafedraning vazifalari:
  • O‘quv-uslubiy ishlar sohasida;
  • Ilmiy-metodik ishlar sohasida (ta’lim metodikasi haqida ma’lumot berib o‘tish kerak);
  • Ilmiy tadqiqot ishlari sohasida (yaratilgan ilmiy adabiyotlar, monografiyalar nomi);
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida.
  • O‘quv-uslubiy ishlar sohasida: Kafedra tomonidan o‘quv rejalari, fan dasturlari va ishchi dasturlar ishlab chiqilib, doimiy ravishda yangilanadi. Talabalarga til o‘rganishda zamonaviy interaktiv metodlar, multimediya resurslari, elektron darsliklar va audio-vizual vositalardan foydalanish taklif etiladi.

- Ilmiy-metodik ishlar sohasida: Ta’lim metodikasi doirasida xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion yondashuvlari joriy qilinmoqda. O‘qituvchilar o‘z fanlariga oid metodik ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar va amaliy topshiriqlar to‘plamlarini yaratmoqda. Jumladan:

  • “Rus tilida so‘zlashuv amaliyoti” metodik qo‘llanmasi
  • “HSK 4 darajasiga tayyorgarlik” bo‘yicha o‘zbekcha-xitoycha lug‘at

- Ilmiy tadqiqot ishlari sohasida: Kafedra a’zolari muntazam ravishda ilmiy maqolalar, tezislar va monografiyalar ustida ish olib boradilar. So‘nggi yillarda chop etilgan muhim ishlar:

  • “Xorijiy til o‘qitish metodikasi: nazariya va amaliyot” (monografiya, 2023 y.)
  • “XXI asrda til o‘qitishning innovatsion usullari” (2024 y. ilmiy maqolalar to‘plami)
  • “Til va madaniyat uyg‘unligi: xitoy tilini o‘rgatishda madaniyat komponenti” (maqola)

- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida: Talabalarda vatanparvarlik, madaniyatlararo muloqot va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida turli tadbirlar, davra suhbatlari, xorijiy tillardagi kinofestivallar va til haftaliklari tashkil etiladi. Kafedra shuningdek, xalqaro kunlar (Masalan, Xalqaro Xitoy tili kuni, Rus tili kuni) munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazadi.

4. Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot
Xorijiy tillar kafedrasida malakali va tajribali o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ular 7 nafar asosiy shtatdagi o‘qituvchilar.

Ular muntazam ravishda chet elda malaka oshirish kurslarida ishtirok etadilar, xalqaro seminar va loyihalarda qatnashib keladilar.

5. Kafedra ma’lum mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadigan kadrlarga nima beradi? Kelajakdagi maqsad-vazifalar (xulosa o‘rnida)
Kafedra tomonidan til va tarjimonlik, xalqaro aloqalar, filologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi. Talabalar xorijiy tillarda erkin muloqot qilish, matn tarjima qilish, ilmiy izlanishlar olib borish, xalqaro hujjatlar bilan ishlashni o‘rganadilar.

Kelajakdagi maqsadlar:

  • Chet tillarini o‘qitishda AI va texnologiyalarni kengroq tatbiq etish
  • Xalqaro universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish
  • HSK, TOPIK kabi xalqaro sertifikatlashtirish bo‘yicha tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘yish
  • Professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish va yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish
Sattorov Begzod Arislonovich
Sattorov Begzod Arislonovich
Kafedra Mudiri