TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
Hozirgi kunda TKXU ning 5 ta taʼlim maktabi tarkibida 38 ta bakalavriat va 22 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 2021/2022-o‘quv yilda universitetning Namangan shahridagi, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab esa Samarqand shahridagi filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2022-yil O‘zbekistonning nodavlat oliy o‘quv yurtlari orasida TKXU birinchilardan bo‘lib KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega bo‘ldi va Yevropaning EQAR maʼlumotlar bazasiga kiritildi.
TKXU taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va diplom O‘zbekiston hududida to‘laqonli tan olinadi.