None

“TA’LIM JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI AXBOROT XATI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi  PF-158-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6119-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, universitetda ta’lim sifatini oshirish va bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, turli fan sohalarida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning dolzarb muammolarga oid ilmiy izlanishlari, amaliyotda erishilgan yutuqlar va belgilangan vazifalarni bajarish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida 2025 yil 25-26 sentyabrь kunlari  “TA’LIM JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman  o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Anjuman o‘tkazilish joyi va vaqti: 2025-yil 25-26-sentabr kunlari, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali

(onlayn va oflayn formatda).

Anjumanga maqolalar qabulining so‘nggi kuni: 2025-yil 20-sentabr.

Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.

ANJUMAN TASHKILOTCHILARI:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti;

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali;

Varna University of Management;

Kangwon National University in Chuncheon.

ANJUMANGA TAKLIF ETILGAN XALQARO HAMKORLAR:

  • Kazakh National University named after Al-Farabi
  • Xinjiang Normal University
  • University of East London
  • Tomsk State University
  • University of Granada
  • Varna University of Management
  • University of Ruse
  • Belgorod State University
  • Firat University
  • Satbayev University
  • Kangwon National University in Chuncheon
  • University of Evansville
  • QA Ulster University
  • Dong-a university in Busan
  • “Angel Kanchev” University of Ruse
  • Volga State University of Technology
  • L.N. Gumilyov Eurasian National University
  • Academy of Science of Baku

vaMDH ningboshqamamlakatlaridagiqatoruniversitetlar,  shuningdek,  boshqaoliyta’limmuassasalari,  manfaatdor vazirlik vaidoralar, turlijamoattashkilotlari.

Ilmiy amaliy anjuman jarayonida ta’lim jarayonini raqamlashtirish istiqbollari va muammolari,  hamda ularning yechimlari bo‘yicha quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi:

I SHO‘BA:TA’LIM JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH VA INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI

Ta’limda raqamli va innovasion texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy mexanizmlari;

Ta’limni raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligini baholash va tartibga solish masalalari;

Raqamli muhitda ta’limning samarali boshqaruv yo‘nalishlari: milliy va xalqaro tajriba;

II SHO‘BA: IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI

Ijtimoiy va gumanitar fanlarda raqamli ta’lim platformalarining qo‘llanilishi;

Ijtimoiy-gumanitar ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: muammo va istiqbollar; 

Madaniy me’ros va milliy qadriyatlarni raqamlashtirishning dolzarb masalalari.

III SHO‘BA: XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA VA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA RAQAMLI VOSITALARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Raqamli vositalar orqali talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

O‘quvchilarning raqamli savodxonligini shakllantirishda o‘qituvchining roli;

Raqamli vositalar asosida ta’lim sifati va samaradorligini rivojlantirish usullari;

Xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli taьlimdan samarali foydalanish.

IV SHO‘BA: ANIQ VA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONINING AHAMIYATI VA YUTUQLARI

Matematika-fizika  fanlarini o‘qitishning innovasion usullari, sohada erishilgan so‘nggi yutuqlar ;

Raqamli texnologiyalar asosida interaktiv vositalar va virtual laboratoriyalarni qo‘llashning ahamiyati;

Arxitektura-dizayn va shaharsozlikda energiya tejamkorlik hamda yashil texnologiyalarni joriy etish;

Zamonaviy avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasidagi ekologik va harakat xavfsizlik muammolari, yechimlari va tendensiyalari;

Tabiiy fanlarning rivojida va ularni o‘qitish jarayonida raqamlashtirishning o‘rni.

SHO‘BA: TIBBIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Tibbiy ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy raqamli o‘qitish platformalari va vositalarining ahamiyati;

Tibbiy ta’limda sun’iy idrok, talabalar bilimini baholashning raqamli tizimlarni joriy etish;

Tibbiyotda ta’limning mobil vositalar va ilovalaridan foydalanishdagi afzalliklari;

Tibbiy ta’lim bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

Xalqaro anjuman Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida oflayn va onlayn formatlarda bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy va mahalliy olimlar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar va talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Mazkur anjumanda har bir ilmiy maqola ekspertning ijobiy xulosasidan o‘tgandan keyin 100 000 so‘mdan chop etilishi ko‘zda tutilgan.

ANJUMAN MATERIALLARI (ILMIY MAQOLALAR)GA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

I. Ilmiy maqolaning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

1.1. Mavzuning qisqacha annotatsiyasi va kalit so‘zlar;

1.2. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi;

1.3. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili;

1.4. Muammoni hal qilish yo‘llari;

1.5. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar;

1.6. Kutilayotgan iqtisodiy samara.

II. Ilmiy maqola diqqat bilan tahrirlangan va nashrning barcha texnik talablariga javob berishi zarur, jumladan:

  • IMRAD talabi bo‘yicha yozilishi;
  • matn muharriri – MS Word;
  • bet – A4 formatda, kitob shaklida, har tomondan 20 mm;
  • shrift – Times New Roman, o‘lcham (kegl) – 14;
  • satrlar orasidagi va harf boshidagi interval – 1,0;
  • ilmiy maqolaning hajmi 2-5 betgacha;
  • yuqori o‘rtada (qalin) muallifning to‘liq familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, elektron pochtasi, shuningdek ilmiy maqola nomi yoziladi;
  • barcha jadvallar, diagrammalar va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomlari diagramma va rasmlar ostida, shuningdek, jadvallar ustida bo‘lishi kerak;
  • barcha grafik va diagrammalar MS Yexcel formatida bo‘lishi kerak;
  • formulalar MS Equation muharririda yozilishi kerak;
  • manbalar jadval, rasm va grafiklarda, matnda esa ularga havolalar ko‘rsatilishi kerak;
  • havolalar har bir sahifaning pastki qismida joylashtiriladi;
  • Ilmiy maqola o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin.

RO‘YXATDAN O‘TISH VA ANJUMAN MATERIALLARINI TAQDIM ETISH:

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va ilmiy tezis hamda maqolalarni taqdim etishda ma’lumotlar anketa bo‘yicha faqat elektron shaklda to‘ldiriladi va 2025 yil 20 sentyabrgacha  https://conference.kiut.uz sayti orqali yuborilishi kerak.

Taqdim etilgan ilmiy tezis va maqolalar yuqoridagi talablarga muvofiqligi tekshiriladi, jumladan, (https://www.turnitin.com/) antiplagiat dasturlarida, ekspert xulosasidan o‘tmagan materiallar nashr etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Mutaxassislarning ijobiy xulosalariga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar Google scholar va DOI, Open Air, Crossref, ISSN da indekslangan elektron to‘plamga kiritiladi hamda https://www.ieee.org/conferences, https://conference.kiut.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Anjuman materiallari to‘plam holatda elektron va bosma nashr etiladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: 140100, Samarqand shahri, H. Abdullayev ko‘chasi, 64-uy;

Bog‘lanish uchun telefonlar: 55-702-40-40 (105), @dr_annaev