Belarus Milliy Texnika Universiteti (BMTU) bilan 2+2 1+3 (magistratura uchun 1+1) dasturi
Toshkent xalqaro Kimyo universiteti Samarqand filialining kunduzgi va kechki ta’lim dekani M.Xamroyev, marketing va qabul bo‘limi mudiri O.Olimov Belarus Respublikasida xizmat safaridan qaytdi.
Belarus Milliy texnika universiteti Xalqaro masofaviy ta’lim instituti direktori Sednina Marina Aleksandrovna bilan uchrashib, har ikki universitetning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Kelishuvlar natijasida Belarus Milliy Texnika Universiteti (BMTU) va Toshkent xalqaro Kimyo universiteti o‘rtasida 2+2, 1+3, (magistratura bosqichi uchun 1+1) dasturlari va boshqa shartnomalar tuzildi. Belarus ko'zda tutilgan.
Kelajakda BMTU talabalari KIUTda, KIUT talabalari esa BMTUda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.