
"English Education" yo'nalishi talabalari ishtirokida tanlov tashkil etildi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali Ingliz tili kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda magistrantlari boshchiligida "Balli,qizlar" tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda "English education" yo'nalishi talabalari ishtirok etishdi.
Tanlovda qizlar tanishtiruv, blits savollar, erkin mavzu hamda sahna ko'rinishi shartlari asosida o'zaro bellashishdi.
Tanlov natijalariga ko'ra, 824-guruh talabasi Zuhra Yo'ldosheva g'oliblikni qo'lga kiritdi.