"EXHIBITION DAY-1" tashkil etildi
Arxitektura, libos va interyer dizayn yo'nalishlari talabalari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi - "EXHIBITION DAY-1" tashkil etildi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida arxitektura, libos va interyer dizayni yo'nalishlarida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning kuzgi semestr yakuniga bag'ishlangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazmani filial direktori B.Xusanov ochib berdi va iqtidorli talabalarga o'zining samimiy tilaklarini bildirdi. Ko'rgazmaga tashrif buyurganlar ijodiy ishlar bilan tanishish va keltirilgan QR-kod orqali ijodiy ishga reaksiya bildirish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Iqtidorli talabalarning ijod mahsullari bilan bezatilgan o'quv binosi barchada iliq taassurot qoldirdi.