None

Koreys filologiyasi yo'nalishi talabasi Anora Abdurasulova xalqaro notiqlik musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi!


King Sejong instituti tomonidan  tashkil etilgan "Koreys tili notiqlik san'ati" musobaqasida Samarqanddagi oliy ta'lim muassasalarining koreys tili yo'nalishida tahsil oluvchi talabalari ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, o'tkazilgan musobaqada Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialining 2 nafar talabasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Koreys filologiyasi yo'nalishi 2-kurs talabasi Abdurasulova Anora faxrli 1-o'rinni egallab, musobaqaning xalqaro final bosqichiga yo'llanmani hamda kuzda Janubiy Koreyaga 1 haftalik sayohat qilib kelish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, koreys filologiyasi 1-kurs talabasi Daminova Feruzabonu faxrli 2-o'rinni egalladi.

Talabamizga musobaqaning final bosqichida omad va zafarlar tilaymiz!