
Ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida koreys tiliga qiziquvchi umumta'lim maktabi hamda akademik litsey o'quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi.
Ochiq eshiklar kuniga Samarqand shahrida tahsil oluvchi umumta'lim maktabi hamda akademik litsey bitiruvchi sinf o'quvchilari tashrif buyurdilar. Tadbir davomida o'quvchilarga universitetda yaratilgan sharoitlar, koreys tili yo'nalishi, TOPIK imtihonidan o'tish, Janubiy Koreyada tahsil olish va grant yutish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, o'quvchilar K-pop bilan birgalikda koreyscha qo'shiq kuylash, koreys milliy o'yinlarini o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishdi. Tadbirga monand yaratilgan koreys atmosferasi o'quvchilarda o'zgacha taassurot qoldirdi.