Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali “Aniq fanlar” kafedrasi dotsenti Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti Seamless TransX laboratoriyasiga tashrif buyurdi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali “Aniq fanlar” kafedrasi dotsenti Ulug'bek G'iyosov Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti Seamless TransX laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Universitet qishoq xo‘jaligi, arokosmik injiniring, mexanika va komyuter injiniring, meditsina yo‘nalishlarini qamrab olgan 4 campusni o‘z ichiga oladi. Universitet hozirgi kunda dunyoning nufuzli xorijiy reytingida 56 o‘rinda turadi.
Amaliyot boshida dastlab bir qator zamonaviy 3D modellashtirish va ta’lim uchun virtual borliq laboratoriyalaridagi asbob uskunalari bilan ishlash amaliyoti va universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlari, kutubxonalari, dars jarayoni bilan tanishuvni amalga oshirish bilan boshladi. Qolaversa universitetdagi xorijiy ilmiy maslahatchim Prof. Dr. Shiho Kim jahonda metaborliq texnologiyalari yaratish, ta’lim va vizuallashtirish uchun 3D grafik ilovalari, oʻyin texnologiylari va ularni rivojlantirish bo‘yicha katta tajriba hamda malakaga egadir.
Amaliyot rejasiga asosan “O’zbekistonda virtual universitet o‘quv jarayonini tashkil qilishda 3D modellarini yaratish va dasturiy tizimini ishlab chiqish” ilmiy tadqiqot mavzusi boʻyicha seminar oʻtkazib professorni takliflari va fikr-mulohazalarini belgilab olindi.
Ushbu ilmiy stajirovkadan ko’zlangan asosiy maqsad virtual reallik (VR) va 3D modellashtirishni ta’lim muhitida foydalanish integratsiya texnologiyalarini xorijiy nufuzli universitetlar tadqiqotchilari tajribasida o‘rganish, sun’iy intellekt asosida VR muhitida yuz ifodasi ko‘rinishini loyihalash zamonaviy algoritmlarini o‘zlashtirish,VR inson mashinasi interfeysi tizimi funksional tuzilmasining yangi usullari haqida ko‘nikma hosil qilish, VR tizimlari va 3D modellashtirishni milliy virtual muhit ishlab chiqishdagi zamonaviy strukturasini o‘rganish, Metaverse muhitlari uchun cun’iy intellektning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish uslublarini o‘rganishdan iborat edi. Stajirovkaning darslar rejasiga ko’ra xalqaro talaba magistrlar bilan o`quv mashg`ulotlariga qatnashildi.Mashg`ulotlar davomida keyslar ishlandi hamda loyihalar ustida amallar bajarildi. Stajirovka rejasiga ko'ra professor Dr. Shiho Kim bilan uchrashuv tashkil etilib hamkorliklar va loyihalar doirasida ikki unuversitet birgalikda bajarilishi mumkin bo`lgan ishlar xususida fikr almashilindi. Buning natijasida sohada mavjud innovatsion texnologiyalar, zamonaviy uskunalar bilan olib borilayotgan ilmiy ishlar, texnologiyalarning ishlash jarayoni va ularning ilmiy natijalari bilan tanishishdi.
Bugungi kunda xorij mamlakatlarida virtual ta’limni baholab boradigan bir qator tizimlar mavjud (Vizerra, AltSpaceVR, SecondLife.com, vAcademia.com, Virbela.org, IMVU.com, Classvr.com, Sansar va boshqalar).
Virtual ta’limni o‘qituvchi, o‘quvchi, tyutor, tarmoq rahbarlari va ta’limning boshqa komponentalarisiz tasavvur qilishning imkoni yo‘q. Xuddi insonlarga ta’lim berish kabi, virtual ta’limning asosiy maqsadi inson tomonidan virtual va boshqa imkoniyatlarini ham e’tiboga olgan holda haqiqiy dunyodagi o‘z o‘rnini aniqlash va unga erishishida ko‘mak berishdan iborat.
Giyosov Ulug‘bek Eshpulatovich stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat bilan taqdirlandi. Ilmiy malaka oshirish dasturiga binoan, tadqiqotchi ushbu kafedra professorlari bilan birgalikda o‘z ilmiy ishlarini muhokama qilish va ularni amaliyotga tadbiq qilish ko'zda tutilgan. Buning natijasida zamonaviy laboratoriyalar uskunalarida ishlash amaliyoti davomida O‘zbekistonda ta’limga aloqador birinchi virtual borliq (VB) muhiti tadqiq qilgan va yaratish ishlari amalga oshirmoqda.