
World Edu-2025: xalqaro ta'lim ko'rgazmasi tashkil etildi
Bugun SofEXPO ko'rgazmalar markazida "World Edu-2025" Xalqaro ta'lim ko'rgazmasi tashkil etildi. Xalqaro ko'rgazmaga O'zbekiston hamda xorijiy oliy ta'lim muassasalari qatorida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali jamoasi ishtirok etib, ko'rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar, abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga universitet haqida ma'lumot berishdi.
Universitet haqidagi taqdimot, qiziqarli savol-javoblar hamda liboslar dizayni yo'nalishi talabalari tomonidan yaratilgan liboslar ko'rgazmasi yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.