
Xalqaro fan olimpiadasi g'oliblari taqdirlandi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali tibbiyot ta'lim yo'nalishlari talabalari joriy yilning aprel-may oylarida Urganch va Buxoro shaharlarida bo'lib o'tgan xalqaro fan olimpiadalarida faxrli 1-2- va 3-o'rinlarni qo'lga kiritib qaytishdi. G'oliblarga universitet ma'muriyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari, ota-onalariga tashakkurnoma taqdim etildi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali 2024/2025-o'quv yilida ilk bor tibbiyot ta'lim yo'nalishlariga qabul jarayonlarini amalga oshirdi. Tibbiyot ta'lim yo'nalishlari ilk qaldirg'ochlarining xalqaro fan olimpiadalarida bo'y ko'rsatayotgani, g'oliblikni qo'lga kiritayotgani quvonarli holdir.
E'tirof etish joizki, bugungi kunda filial talabalarining Respublika va xalqaro yutuqlari sezilarli darajada oshib bormoqda. O'z ustida tinimsiz ishlaydigan, yangidan yangi bilimlarni o'zlashtirishga intiladigan talabalar nafaqat universitet faxri, balki, millat umididir!