Buxgalteriya
Yoʼnalish tavsifi:
Buxgalteriya hisobi – bu moliyaviy operatsiyalarni qayd etish, tasniflash va umumlashtirish jarayoni. U moliyaviy hisobotlarni, jumladan, kompaniyaning moliyaviy holatini aks ettiruvchi balans, daromadlar toʻgʻrisidagi hisobot va pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlashni oʻz ichiga oladi. Buxgalteriya hisobi, shuningdek, qarzdorlik soliqlarini hisoblash va manfaatdor tomonlar, jumladan, investorlar, kreditorlar va davlat idoralari uchun hisobotlarni yaratishni qamrab oladi. Shu sababdan ushbu yoʻnalish oliy oʻquv yurtlarida talab katta boʻlgan yoʻnalishlardan biridir.
Yoʼnalishning maqsadi
Yoʼnalishning asosiy maqsadi - buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, davlat moliyasi, korporativ moliya va shaxsiy moliya sohalarida turli kurslarda olingan nazariy va amaliy bilimlarni rivojlantirish va ulardan foydalanish koʼnikmasiga ega boʼlgan mutaxassislarni tayyorlash.
Shuningdek:
- talabalarga davlat va korporativ buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv va tahlilning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari toʼgʼrisida bilim berish;
- talabalarni yuqori malakali hisobchi, iqtisodchi va menejer boʼlib, hozirgi milliy va xalqaro buxgalteriya hisobi va moliyaviy siyosatning asosiy yoʼnalishlari boʼyicha koʼnikma va malakalarni rivojlantirishga tayyorlash;
- talabalarning analitik va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ular iqtisodiyotdagi dolzarb moliyaviy va boshqaruv masalalariga tegishli yechimlarni topish bilim va koʼnikmalarini rivojlantirish;
- talabalarni olingan nazariy va amaliy bilim va koʼnikmalarini amaliy faoliyatda qoʼllashga tayyorlash;
- uzluksiz taʼlim va shaxsiy rivojlanish bilan bogʼliq koʼnikmalarini rivojlantirish;
Taʼlim
Buxgalteriya hisobi oʼquv dasturida buxgalteriya hisobi tamoyillaridan moliyaviy tahlilgacha boʼlgan kurslar mavjud. Talabalar buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro prinsiplari va amaliyoti bilan tanishadilar. Dastur davomida talabalar boshqaruv va moliyaviy buxgalteriya hisobini oʼrganadilar. Oʼqish oxirida talabalar korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilishlari va ilmiy loyihalar ustida ishlashlari koʼnikmalariga ega boʼladi.
Bandlik sohalari:
- Davlat tashkilotlarining buxgalteriya va moliya boʼlimlari, nazorat idoralari, byudjet tashkilotlari, tijorat tashkilotlari, tijorat banklari, sugʼurta kompaniyalari, konsalting agentliklari, vositachilik va hk.
- Moliyaviy resurslarini boshqarish uchun yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalarning vakolatxonalari va dilerlik markazlari;
- Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Soliq qoʼmitasi, soliq idoralari, hududiy moliya boʼlinmalari va boshqalar
- Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, turli xil jamoat tashkilotlari va fondlari;
- Elektron tijorat sohasi.