“Aniq fanlar” kafedrasi

“Aniq fanlar” kafedrasi Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Samaraqand filiali o‘z faoliyatini boshlagan ilk damlardanoq, 2022-yil oktyabr oyida tashkil etilgan. Kafedra muhandislik va san’at maktabi tarkibiga kiruvchi amaliy matematika, yo‘l harakatini boshqarish, arxitektura va shaharsozlik, axborot tizimlari muhandisligi, muhandislik kommunikatsiyalarining qurilishi va montaji, liboslar dizayni va interyer dizayn yo‘nalishlaribo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlaydi. Shuningdek ta’lim, biznes va moliya hamda tibbiyot maktablari tarkibiga kiruvchi yo’nalishlarda o’qitiladigan matematika va informatikaga taalluqli fanlar ham kafedraga tegishlidir. Magistratura mutaxassisliklarida “70110501-M.Sc. Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” yo‘nalishidagi magistrlarga matematika fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Aniq fanlar bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talabada fikrlarni umumlashtirish va ular ichidan muhimlarini ajratish, tahlil qilish va tizimlashtirish, xulosa va natija chiqarish, mantiqiy fikrlashning o‘sishi kabi xususiyatlarning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu yo‘lda kafedra universitetda malakali, jahon standartlariga mos kadrlarni tayyorlashni, talabalarga aniq fanlardan zamon talablariga mos, sifatli ta’lim berishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Kafedrada innovatsion (pedagogik va axborot) texnologiyalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish maqsadida talabalarning zamonaviy kompyuter dasturlari bilan yanada yaxshiroq ishlashini ta’minlash maqsadida YouTube platformasida office dasturlari deb nomlangan maxsus kanal (www.youtube.com/@officedasturlari) yaratilgan. Kafedrada “Elementar matematika kursi”, “Dasturlash asoslari”,  “KIUTda matetematika” va “Ma’lumotlar bazasi”  nomli ilmiy to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘ilgan bo‘lib, “Oliy matematika”, “Dasturlash asoslari” fanidan iqtidorli talabalami xalqaro va respublika fan olimpiadalariga tayyorlash, ular bilan ilmiy izlanishlar olib borish kabi qator vazifalari belgilangan. Iqtidorli talabalarga konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etishlari uchun ularga yetuk, tajribali professor-o‘qituvchilar biriktirilgan bo‘lib, ilmiy izlanishlari uchun maslahatlar berib boriladi.

“Aniq fanlar” kafedrasida matematika, fizika, informatika va dasturlash, yo‘l harakatini boshqarish, liboslar dizayni va arxitektura yo‘nalishlariga mos jami 74 ta fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek kadrlar tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2024-2025 o’quv yilida kafedra olib borilgan ilmiy ishlar va salohiyatni ko‘tarish borasidagi faoliyat reja asosida tashkillashtirilgan. Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida 2024-2025 o‘quv yilida “Aniq fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi ishlar bajarilgan: kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi A.U.Uralbayev tomonidan 1 ta “Avtomobil va dvigatellarning tuzilishi va nazariyasi” nomli darslik, 3 ta “Compyuter 1” muallif dotsent O.T.Otamuratov, “Compyuter 2” mualliflari dotsent O.T.Otamuratov, katta o‘qituvchi U.R.Kubayev va “Virtual reallikni vizuallashtirish” muallif dotsent U.E.G‘iyosov, o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan. Kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi Sh.A.Djalilovning “Сопрягающие отображения и вероятностные инвариантные распределения гомеоморфизмов окружности с особенностями” nomli monografiyasi nashr etilgan. Universitetning Top 1000 talik universitetlar ro‘yhatiga kirishda muhim omil bo‘lgan Scopus va Web of Science ilmiy bazalariga kiruvchi jurnallarda maqola chop etish bo‘yicha kafedra tomonidan 10 ta, xalqaro jurnallarda 2 ta, OAK ro‘yhatidagi jurnallarda 4 ta ilmiy maqola chop etildi.

Kafedrada olib borilgan ma’naviy-ma’rifly va tashkiliy ishlar reja asosida amalga oshirilmoqda, jumladan 2024-2025 o‘quv yilida “Aniq fanlar” kafedrasining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini yillik bajarilishi holati bo‘yicha barcha tadbirlar amalga oshirildi, ko‘zlangan natijalarga erishildi. Universitet miqiyosida tashkil etilgan tadbirlarga professor-o‘qituvchilaming ishtiroki to‘liq ta’minlandi. Jumladan “Aniq fanlar”  kafedrasi “Fashion design” yo`nalishi talabalari Registonda tashkil etilgan “Milliy fashion show” tadbiri, arxitektura va dizayn yo‘nalishi talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Exhibition day-1” va “Exhibition day-2” deb nomlangan tanlovlar va ko‘rgazmalar, “18 may Xalqaro muzeylar kuni” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan Pastdarg‘om ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etgan tadbir, talabalar va akademiklar uchrashuvi yuzasidan “Akademik va talaba-yoshlar, bugun va kelajak” nomli davra suhbati, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida o‘tkazilgan Navro‘z saylida kafedra jamoasi ishtiroki, yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar ta’siridan saqlash, ekstremizm va missionerlikka qarshi kurashish hamda mavzuga oid qator masalalar yuzasidan filialda bo‘lib o‘tgan tadbir, Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB JXX YHXB xodimlari tomonidan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida talabalar ishtirokida sodir etilayotgan YTHlarning oldini olish maqsadida keng qamrovli targʻibot tadbiri, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali jamoasining Buxoro shahriga uyushtirgan sayohati kabi ma’naviy-ma’rifly va tashkiliy tadbirlarda kafedra professor-o‘qituvchilarining ishtiroki ta’minlandi.

Kafedraga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadigan kadrlar zamon talablariga mos, mutaxassislik bo’yicha bilim va ko’nikma talablariga javob beradigan kadrlar bo’lib chiqishiga kafedra jamoasi astoyidil harakat qiladi. Jumladan “Amaliy matematika” yo’nalishi matematika, dasturlash, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, hisoblash usullari, amaliy masalalarni matematik modellashtirish, kompyuter tizimlari va tarmoqlarga asoslangan holda faoliyat olib boruvchi professional kadrlarni tayyorlashga yo'naltirilgan. Talabalar zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalarini yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish asosida tegishli ilmiy tadqiqot yo'nalishlari bo’yicha asoslangan xulosalar tayyorlash, fizika, kimyo, biologiya, ekologiya, iqtisod, muhandislik va tibbiyot sohalaridagi amaliy masalalarni yechishda amaliy dasturlar paketi va texnologiyalarni qo'llash, pedagogik faoliyatida umumiy o'rta, o‘rta maxsus, professional ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida maxsus fanlardan dars berish (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, fundamental va tatbiqiy matematika hamda tabiiy fanlar mazmunini tashkil etuvchi matematik modellar) konikmalariga ega bo’ladilar.

“Interyer dizayni” yo’nalishi atrof-muhit va odamlar oʻrtasidagi qulaylik va estetik jihatdan yoqimli oʻzaro taʼsirni taʼminlash uchun binolarning ichki qismiga qaratilgan dizayn sohasi hisoblanadi. Ichki dizayn badiiy va sanoat dizaynini birlashtiradi. Dizayner xonadagi ishlarni optimallashtirishni amalga oshiradi, katta xonalarda navigatsiyani yaxshilaydi, mijozlarning talablariga muvofiq ixtisoslashtirilgan xonalarning dizaynini ishlab chiqadi (masalan, ovoz yozish studiyalari, filmlarni tahrirlash, fotografiya, akvaparklar). Dizayner xonaning tartibi, yorugʻlik, shamollatish tizimlari, akustikadan boshlab, ichki dizaynning butun jarayonini boshqaradi; devorlarni bezash; va mebelni joylashtirish va navigatsiya belgilarini oʻrnatish bilan yakunlanadi. Interyer dizayneri - bu turli xil joylar uchun funktsional, estetik jihatdan yoqimli va qulay interyer yaratishga ixtisoslashgan ijodiy mutaxassis.

Arxitektura va shaharsozlik yo'nalishi hozirgi kundagi muhim o’rniga ega yo’nalishlardan biridir. Yo’nalishning maqsadi bu sohaga oid zarur nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va innovatsion yondashuvlarga ega bo‘lgan, zamonaviy talablar asosida fikrlaydigan yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishdan iborat. Bitiruvchilar asosan quyidagi sohalarda faoliyat yuritishi mumkin: arxitektor sifatida bino va inshootlar loyihasini ishlab chiqish, loyihalar menejeri yoki muvofiqlashtiruvchi sifatida ishlash, shahar va qishloq joylarining bosh rejasini ishlab chiqish, transport tizimlari, infratuzilma va jamoat hududlarini rejalashtirish, qurilish jarayonlarini nazorat qilish (texnik nazoratchi, loyiha boshqaruvchisi).

Kafedraning yana bir muhim yo’nalishlaridan biri bu - Yo‘l harakatini boshqarish yo‘nalishi. Bu yo’nalishdagi kadrlar  transport tizimi xavfsiz, samarali va muvofiqlashtirilgan bo‘lishini ta’minlay oladigan, yo‘l harakati jarayonlarini chuqur tushunadigan, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan yuqori malakali muhandis va mutaxassislar bo’lib yetishadilar. Transport oqimini boshqarish, tirbandliklarni kamaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash yo’nalishning asosiy maqsadididr.

“Libos dizayni” bakalavriatta’lim yo‘nalishida: “Dizayn (libos, moda  va gazlamalar)” ixtisosliklari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi vas hu yo’nalishda magistraturani ham davom ettirishi mumkin. Dizayn sohasidagi ilmiy-texnik jarayon ko‘p jihatdan dizaynerning ijodiy faoliyati, ya’ni kiyim yangi loyihasini yaratish, konstruktorlik va ratsioanalizatorlik ixtiro, topilma va yangiliklarni sanoat ishlab chiqarishiga joriy etish bilan bog‘liq. Milliy an’analar va o‘zbek san’atining yutuqlari hamda chet el dizaynerlari tajribasini uyg‘unlikda qo‘llay olish esa libos shaklining zamon va makonda rivojlanishini, bu rivojlanishning sifat va miqdoriy o‘rganish usullaridan foydalanish kabi dolzarb metodologik masalalarni echish imkonini beradi.

Narkuziyev Bobomurod Abduvakilovich
Narkuziyev Bobomurod Abduvakilovich
Kafedra Mudiri

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samaraqand filialida 2022 yil oktyabr oyidan “Aniq fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatadi. Narkuziyev B.A. 01.01.06 – “Algebra” yo’nalishi bo’yicha fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD), 12 yillik ilmiy- pedagogik stajga ega. U ilmiy faoliyati davomida 14 ta ilmiy ish chop etgan. Ilmiy ishlari noassosiativ algebralar, evolyutsion algebralar va ularning zanjirlari sohalariga oid.

Djalilov Shuxrat Axtamovich
Djalilov Shuxrat Axtamovich
dotsent

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samaraqand filialida 2022 yil oktyabr oyidan boshlab, “Aniq fanlar” kafedrasida fizika-matematika fanlari falsafa doktori, v.b. dotsent lavozimida faoliyat ko’rsatadi. Djalilov Shuxrat Axtamovich 20 yillik ilmiy- pedagogik stajga ega. U ilmiy faoliyati davomida Xalqaro va Respublikamiz nufuzli jurnallarida 14 ta maqola va 2 ta o’quv qo’llanma chop etgan. Ilmiy mavzusi: “Maxsuslikka ega bo'lgan aylana gomeomorfizmlarining qo'shma akslantirishlari va ehtimollik invariant taqsimotlari”. Mutaxassisligi: 01.01.01-matematik analiz.