“Aniq fanlar” kafedrasi

Kafedra Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Samaraqand filiali o’z faoliyatini boshlagan ilk damlardanoq tashkil etilgan kafedralardan biri bo’lib, talabalarga aniq fanlardan zamon talablariga mos, sifatli ta’lim berishni o’z oldiga maqsad qilgan. 

Aniq fanlar bo’yicha yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish talabada fikrlarni umumlashtirish va ular ichidan muhimlarini ajratish, tahlil qilish va tizimlashtirish, xulosa va natija chiqarish, mantiqiy fikrlashning o’sishi kabi xususiyatlarning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Bu yo’lda universitetda malakali, jahon standartlariga mos kadrlarni tayyorlashni kafedra professor- o’qituvchilari o’zining asosiy maqsad va vazifa deb biladi.

NARKUZIYEV BOBOMURAD ABDUVAKILOVICH
NARKUZIYEV BOBOMURAD ABDUVAKILOVICH
Kafedra Mudiri

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samaraqand filialida 2022 yil oktyabr oyidan “Aniq fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatadi. Narkuziyev B.A. 01.01.06 – “Algebra” yo’nalishi bo’yicha fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD), 12 yillik ilmiy- pedagogik stajga ega. U ilmiy faoliyati davomida 14 ta ilmiy ish chop etgan. Ilmiy ishlari noassosiativ algebralar, evolyutsion algebralar va ularning zanjirlari sohalariga oid.