Xalqaro talabalar kuni muborak bo'lsin!
Hurmatli talabalar!
Sizlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz!
Bu kun – bilim, izlanish, yangilikka intilish va orzular sari dadil qadam tashlayotgan yoshlar bayramidir. Talabalik – inson hayotidagi eng yorqin, sermahsul va unutilmas davr bo‘lib, unda erishilgan yutuqlar, orttirilgan bilim va tajribalar kelajak muvaffaqiyatlarining poydevoriga aylanadi.
Aziz talabalar, sizning izlanuvchanligingiz, tashabbuskorligingiz va bilimga bo‘lgan cheksiz intilishingiz jamiyat ravnaqi hamda kelajak taraqqiyotining hal qiluvchi omilidir.
Sizlarga o‘qishlaringizda ulkan zafarlar, ijodiy ilhom, mustahkam sog‘liq va ezgu orzu-niyatlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!