None
29 Iyl 2025
“TA’LIM JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi  PF-158-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5847-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6119-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, universitetda ta’lim sifatini oshirish va bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, turli fan sohalarida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning dolzarb muammolarga oid ilmiy izlanishlari, amaliyotda erishilgan yutuqlar va belgilangan vazifalarni bajarish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida 2025 yil 25-26 sentyabrь kunlari  “TA’LIM JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman  o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Anjuman o‘tkazilish joyi va vaqti: 2025-yil 25-26-sentabr kunlari, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali

(onlayn va oflayn formatda).

Anjumanga maqolalar qabulining so‘nggi kuni: 2025-yil 20-sentabr.

Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.

ANJUMAN TASHKILOTCHILARI:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti;

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali;

Varna University of Management;

Kangwon National University in Chuncheon.

ANJUMANGA TAKLIF ETILGAN XALQARO HAMKORLAR:

  • Kazakh National University named after Al-Farabi
  • Xinjiang Normal University
  • University of East London
  • Tomsk State University
  • University of Granada
  • Varna University of Management
  • University of Ruse
  • Belgorod State University
  • Firat University
  • Satbayev University
  • Kangwon National University in Chuncheon
  • University of Evansville
  • QA Ulster University
  • Dong-a university in Busan
  • “Angel Kanchev” University of Ruse
  • Volga State University of Technology
  • L.N. Gumilyov Eurasian National University
  • Academy of Science of Baku

vaMDH ningboshqamamlakatlaridagiqatoruniversitetlar,  shuningdek,  boshqaoliyta’limmuassasalari,  manfaatdor vazirlik vaidoralar, turlijamoattashkilotlari.

Ilmiy amaliy anjuman jarayonida ta’lim jarayonini raqamlashtirish istiqbollari va muammolari,  hamda ularning yechimlari bo‘yicha quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi:

I SHO‘BA:TA’LIM JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH VA INNOVASION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI

Ta’limda raqamli va innovasion texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy mexanizmlari;

Ta’limni raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligini baholash va tartibga solish masalalari;

Raqamli muhitda ta’limning samarali boshqaruv yo‘nalishlari: milliy va xalqaro tajriba;

II SHO‘BA: IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI

Ijtimoiy va gumanitar fanlarda raqamli ta’lim platformalarining qo‘llanilishi;

Ijtimoiy-gumanitar ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: muammo va istiqbollar; 

Madaniy me’ros va milliy qadriyatlarni raqamlashtirishning dolzarb masalalari.

III SHO‘BA: XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA VA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA RAQAMLI VOSITALARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Raqamli vositalar orqali talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

O‘quvchilarning raqamli savodxonligini shakllantirishda o‘qituvchining roli;

Raqamli vositalar asosida ta’lim sifati va samaradorligini rivojlantirish usullari;

Xorijiy tillarni o‘qitishda raqamli taьlimdan samarali foydalanish.

IV SHO‘BA: ANIQ VA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONINING AHAMIYATI VA YUTUQLARI

Matematika-fizika  fanlarini o‘qitishning innovasion usullari, sohada erishilgan so‘nggi yutuqlar ;

Raqamli texnologiyalar asosida interaktiv vositalar va virtual laboratoriyalarni qo‘llashning ahamiyati;

Arxitektura-dizayn va shaharsozlikda energiya tejamkorlik hamda yashil texnologiyalarni joriy etish;

Zamonaviy avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasidagi ekologik va harakat xavfsizlik muammolari, yechimlari va tendensiyalari;

Tabiiy fanlarning rivojida va ularni o‘qitish jarayonida raqamlashtirishning o‘rni.

SHO‘BA: TIBBIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Tibbiy ta’lim sifatini ta’minlashda zamonaviy raqamli o‘qitish platformalari va vositalarining ahamiyati;

Tibbiy ta’limda sun’iy idrok, talabalar bilimini baholashning raqamli tizimlarni joriy etish;

Tibbiyotda ta’limning mobil vositalar va ilovalaridan foydalanishdagi afzalliklari;

Tibbiy ta’lim bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

Xalqaro anjuman Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida oflayn va onlayn formatlarda bo‘lib o‘tadi. Unda xorijiy va mahalliy olimlar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar va talabalar o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Mazkur anjumanda har bir ilmiy maqola ekspertning ijobiy xulosasidan o‘tgandan keyin 100 000 so‘mdan chop etilishi ko‘zda tutilgan.

ANJUMAN MATERIALLARI (ILMIY MAQOLALAR)GA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

I. Ilmiy maqolaning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

1.1. Mavzuning qisqacha annotatsiyasi va kalit so‘zlar;

1.2. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi;

1.3. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili;

1.4. Muammoni hal qilish yo‘llari;

1.5. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar;

1.6. Kutilayotgan iqtisodiy samara.

II. Ilmiy maqola diqqat bilan tahrirlangan va nashrning barcha texnik talablariga javob berishi zarur, jumladan:

  • IMRAD talabi bo‘yicha yozilishi;
  • matn muharriri – MS Word;
  • bet – A4 formatda, kitob shaklida, har tomondan 20 mm;
  • shrift – Times New Roman, o‘lcham (kegl) – 14;
  • satrlar orasidagi va harf boshidagi interval – 1,0;
  • ilmiy maqolaning hajmi 2-5 betgacha;
  • yuqori o‘rtada (qalin) muallifning to‘liq familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, elektron pochtasi, shuningdek ilmiy maqola nomi yoziladi;
  • barcha jadvallar, diagrammalar va rasmlar MS Word formatida, Times New Roman shriftida, ularning nomlari diagramma va rasmlar ostida, shuningdek, jadvallar ustida bo‘lishi kerak;
  • barcha grafik va diagrammalar MS Yexcel formatida bo‘lishi kerak;
  • formulalar MS Equation muharririda yozilishi kerak;
  • manbalar jadval, rasm va grafiklarda, matnda esa ularga havolalar ko‘rsatilishi kerak;
  • havolalar har bir sahifaning pastki qismida joylashtiriladi;
  • Ilmiy maqola o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin.

RO‘YXATDAN O‘TISH VA ANJUMAN MATERIALLARINI TAQDIM ETISH:

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va ilmiy tezis hamda maqolalarni taqdim etishda ma’lumotlar anketa bo‘yicha faqat elektron shaklda to‘ldiriladi va 2025 yil 20 sentyabrgacha  https://conference.kiut.uz sayti orqali yuborilishi kerak.

Taqdim etilgan ilmiy tezis va maqolalar yuqoridagi talablarga muvofiqligi tekshiriladi, jumladan, (https://www.turnitin.com/) antiplagiat dasturlarida, ekspert xulosasidan o‘tmagan materiallar nashr etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Mutaxassislarning ijobiy xulosalariga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar Google scholar va DOI, Open Air, Crossref, ISSN da indekslangan elektron to‘plamga kiritiladi hamda https://www.ieee.org/conferences, https://conference.kiut.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Anjuman materiallari to‘plam holatda elektron va bosma nashr etiladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: 140100, Samarqand shahri, H. Abdullayev ko‘chasi, 64-uy;

Bog‘lanish uchun telefonlar: 55-702-40-40 (105), @dr_annaev

Batafsil o'qish
None
03 Iyn 2025
Xalqaro fan olimpiadasi g'oliblari taqdirlandi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali tibbiyot ta'lim yo'nalishlari talabalari joriy yilning aprel-may oylarida Urganch va Buxoro shaharlarida bo'lib o'tgan xalqaro fan olimpiadalarida faxrli 1-2- va 3-o'rinlarni qo'lga kiritib qaytishdi. G'oliblarga universitet ma'muriyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari, ota-onalariga tashakkurnoma taqdim etildi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali 2024/2025-o'quv yilida ilk bor tibbiyot ta'lim yo'nalishlariga qabul jarayonlarini amalga oshirdi. Tibbiyot ta'lim yo'nalishlari ilk qaldirg'ochlarining xalqaro fan olimpiadalarida bo'y ko'rsatayotgani, g'oliblikni qo'lga kiritayotgani quvonarli holdir.

E'tirof etish joizki, bugungi kunda filial talabalarining Respublika va xalqaro yutuqlari sezilarli darajada oshib bormoqda. O'z ustida tinimsiz ishlaydigan, yangidan yangi bilimlarni o'zlashtirishga intiladigan talabalar nafaqat universitet faxri, balki, millat umididir!

Batafsil o'qish
None
31 May 2025
Koreys filologiyasi yo'nalishi talabasi Anora Abdurasulova xalqaro notiqlik musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi!

King Sejong instituti tomonidan  tashkil etilgan "Koreys tili notiqlik san'ati" musobaqasida Samarqanddagi oliy ta'lim muassasalarining koreys tili yo'nalishida tahsil oluvchi talabalari ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, o'tkazilgan musobaqada Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialining 2 nafar talabasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Koreys filologiyasi yo'nalishi 2-kurs talabasi Abdurasulova Anora faxrli 1-o'rinni egallab, musobaqaning xalqaro final bosqichiga yo'llanmani hamda kuzda Janubiy Koreyaga 1 haftalik sayohat qilib kelish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, koreys filologiyasi 1-kurs talabasi Daminova Feruzabonu faxrli 2-o'rinni egalladi.

Talabamizga musobaqaning final bosqichida omad va zafarlar tilaymiz!

Batafsil o'qish
None
22 May 2025
Professor-o'qituvchilarimiz Italiyada tashkil etilayotgan “Yevropa klinik tadqiqotchilar jamiyati”ning 59-yillik konferensiyasida ishtirok etmoqda

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali Tibbiyot ta'lim yo'nalishlari rahbari M.Annayev va Tibbiy-fundamental fanlar kafedrasi mudiri O.Sharipovalar Italiyaning Jenoa shahrida “Yevropa klinik tadqiqotchilar jamiyati”ning 59-yillik konferensiyasida ishtirok etmoqdalar.

Ushbu konferensiyada jahonning nufuzli xalqaro universitetlari va ilmiy tadqiqot markazlaridan 300 dan ortiq ilmiy tadqiqotchilar va tibbiyot xodimlari qatnashmoqda.

Konferensiya Jenoa shahrida joylashgan yirik San-Martino Polyclinic shifoxonasida o'tkazilmoqda.

Batafsil o'qish
None
03 May 2025
Ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida koreys tiliga qiziquvchi umumta'lim maktabi hamda akademik litsey o'quvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi.

Ochiq eshiklar kuniga Samarqand shahrida tahsil oluvchi umumta'lim maktabi hamda akademik litsey bitiruvchi sinf o'quvchilari tashrif buyurdilar. Tadbir davomida o'quvchilarga universitetda yaratilgan sharoitlar, koreys tili yo'nalishi, TOPIK imtihonidan o'tish, Janubiy Koreyada tahsil olish va grant yutish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi. 

Shuningdek, o'quvchilar K-pop bilan birgalikda koreyscha qo'shiq kuylash, koreys milliy o'yinlarini o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishdi. Tadbirga monand yaratilgan koreys atmosferasi o'quvchilarda o'zgacha taassurot qoldirdi.

Batafsil o'qish
None
01 May 2025
"Exhibition Week" ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali liboslar dizayni, rangtasvir, arxitektura va shaharsozlik yo'nalishlari talabalarining semestr yakuniga bag'ishlangan "Exhibition Week" ko'rgazmalar haftaligi (1-5-may) ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Barcha soha ixlosmandlari va havaskorlarni ko'rgazmada kutib qolamiz!

Batafsil o'qish
None
11 Apr 2025
World Edu-2025: xalqaro ta'lim ko'rgazmasi tashkil etildi

Bugun SofEXPO ko'rgazmalar markazida "World Edu-2025" Xalqaro ta'lim ko'rgazmasi tashkil etildi. Xalqaro ko'rgazmaga O'zbekiston hamda xorijiy oliy ta'lim muassasalari qatorida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali jamoasi ishtirok etib, ko'rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar, abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga universitet haqida ma'lumot berishdi.

Universitet haqidagi taqdimot, qiziqarli savol-javoblar hamda liboslar dizayni yo'nalishi talabalari tomonidan yaratilgan liboslar ko'rgazmasi yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Batafsil o'qish
None
01 Mar 2025
"English Education" yo'nalishi talabalari ishtirokida tanlov tashkil etildi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali Ingliz tili kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda magistrantlari boshchiligida "Balli,qizlar" tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda "English education" yo'nalishi talabalari ishtirok etishdi.

Tanlovda qizlar tanishtiruv, blits savollar, erkin mavzu hamda sahna ko'rinishi shartlari asosida o'zaro bellashishdi.

Tanlov natijalariga ko'ra, 824-guruh talabasi Zuhra Yo'ldosheva g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Batafsil o'qish
None
20 Yan 2025
Universitet ta'lim granti natijalari e'lon qilindi

Iqtidorli talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida har yili Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali kunduzgi va kechki ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun soni cheklanmagan universitet ichki grantiga ochiq tanlov tashkil etiladi. Ushbu tanlovda 1 o'quv yilida fanlarni yuqori darajada o'zlashtirgan, yakuniy imtihonlardan "fail"ga qolmagan, shuningdek ilmiy faoliyatga qiziquvchi talabalar ishtirok etishlari mumkin.

2024/2025-o'quv yilida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali iqtidorli talabalari orasidan saralangan universitet ta'lim granti g'oliblari bilan tanishing:

F.I.SH.

TA'LIM YO'NALISHI

KURSI

GRANT

1

FАТТАYЕVА ZAYNURA ABDURASHIDOVNA

(B.А.) FASHION DESlGN

2

75%

2

ZIYODULLAYEV ILHOMJON SНАVKАТ O'G'LI

(B.А.) HISTORY (BY COUNTRIES AND DIRECTIONS)

3

50%

3

ALIYEVA XONZODABEGIM SHAVKATJON QIZI

(B.А.) TRANSLATlON STUDIES (WITH CHINESE AND ENGLISH LANGUAGE)

3

75%

4

XURRAMOVA SITORA DILSHOD QIZI

(B.А.) TRANSLATlON STUDIES (WITH CHINESE AND ENGLISH LANGUAGE)

3

75%

5

IBRAGIMOV JAVLONBEK OLlMJON O'G'LI

(B.А.) SPECIAL PЕDАGOGY

3

75%

6

ISKANDAROVA MUSHARRAM OYBEK QIZI

(B.А.) SPECIAL PЕDАGOGY

3

50%

7

SA'DULLAYEVA KUMUSH QOBILJON QIZI

(B.А.) SPECIAL PЕDАGOGY

3

50%

8

ALIRIZOYEVA AMIRA ALISHER QIZI

(B.А.] ENGLISH EDUCATION (MATHEMATICS/PHYSICS; ARTS)

3

75%

9

ROZIKOVA SHAXRIZODA XURSHEDOVNA

(B.А.] ENGLISH EDUCATION (MATHEMATICS/PHYSICS; ARTS)

3

50%

10ASROROVA MOHIGUL JAMSHEDOVNA(B.SC.) FINANCE225%
11SUNNATOVA МЕНRANGIZ DJAMSHEDOVNA(B.SC.) FINANCE225%
12ABDURASULOVA ANORA SATTOROVNA(B.А.) KOREAN PHILOLOGY250%
13AMANOV AZIZJON FlRDAVSOVICH(B.А.) KOREAN PHILOLOGY250%

Batafsil o'qish
None
10 Dek 2024
"EXHIBITION DAY-1" tashkil etildi

Arxitektura, libos va interyer dizayn yo'nalishlari talabalari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar ko'rgazmasi - "EXHIBITION DAY-1" tashkil etildi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida arxitektura, libos va interyer dizayni yo'nalishlarida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning kuzgi semestr yakuniga bag'ishlangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Ko'rgazmani filial direktori B.Xusanov ochib berdi va iqtidorli talabalarga o'zining samimiy tilaklarini bildirdi. Ko'rgazmaga tashrif buyurganlar ijodiy ishlar bilan tanishish va keltirilgan QR-kod orqali ijodiy ishga reaksiya bildirish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Iqtidorli talabalarning ijod mahsullari bilan bezatilgan o'quv binosi barchada iliq taassurot qoldirdi.

Batafsil o'qish
None
06 Dek 2024
Konstitutsiya - kelajagimiz poydevori

"Konstitutsiya - kelajagimiz poydevori" mavzusidagi tadbir doirasida guruhlararo bellashuv tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Toshkent Kimyo xalqaro univerersiteti Samarqand filialida "Konstitutsiya - kelajagimiz poydevori" mavzusida tadbir tashkil etildi. O'tkazilgan tadbir doirasida Pedagogika-psixologiya kafedrasi tarkibiga kiruvchi yo'nalishlar talabalari 3 ta shart asosida o'zlarining huquqiy bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Tadbirda TKXU Samarqand filiali direktori maslahatchisi G'.Xonxo'jayev, "Kunduzgi va kechki ta'lim" yo'nalishlari rahbari M.Xamroyev, Pedagogika-psixologiya kafedrasi mudiri O'.Zubaydullayev, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Batafsil o'qish
None
20 Noy 2024
TKXU Samarqand filiali talabasining ilmiy maqolasi xalqaro jurnalda e'lon qilindi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali 1-kurs talabasi Nasiba Abduvaliyevaning "Effectiveness of using student-centering methods in learning foreign languages" nomli ilmiy maqolasi "International journal of scientific researches" xalqaro jurnalida e'lon qilindi.

Batafsil o'qish
None
04 Noy 2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali “Aniq fanlar” kafedrasi dotsenti Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti Seamless TransX laboratoriyasiga tashrif buyurdi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti  Samarqand filiali  “Aniq fanlar” kafedrasi dotsenti Ulug'bek G'iyosov Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti Seamless TransX laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Universitet qishoq xo‘jaligi, arokosmik injiniring, mexanika va komyuter injiniring, meditsina yo‘nalishlarini qamrab olgan 4 campusni o‘z ichiga oladi. Universitet hozirgi kunda dunyoning nufuzli xorijiy  reytingida 56 o‘rinda turadi.

 Amaliyot boshida dastlab bir qator zamonaviy 3D modellashtirish va ta’lim uchun virtual borliq laboratoriyalaridagi asbob uskunalari bilan ishlash amaliyoti va universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlari, kutubxonalari, dars jarayoni bilan tanishuvni amalga oshirish bilan boshladi. Qolaversa universitetdagi xorijiy ilmiy maslahatchim Prof. Dr. Shiho Kim jahonda metaborliq texnologiyalari yaratish, ta’lim va vizuallashtirish uchun 3D grafik ilovalari, oʻyin texnologiylari va ularni rivojlantirish bo‘yicha katta tajriba hamda malakaga egadir.

Amaliyot rejasiga asosan “O’zbekistonda virtual  universitet o‘quv jarayonini tashkil qilishda 3D modellarini yaratish va dasturiy tizimini ishlab chiqish”  ilmiy tadqiqot mavzusi boʻyicha seminar oʻtkazib professorni takliflari va fikr-mulohazalarini belgilab olindi.

Ushbu ilmiy stajirovkadan ko’zlangan asosiy maqsad virtual reallik (VR) va 3D modellashtirishni ta’lim muhitida foydalanish integratsiya texnologiyalarini xorijiy nufuzli universitetlar tadqiqotchilari tajribasida o‘rganish, sun’iy intellekt asosida VR muhitida yuz ifodasi ko‘rinishini loyihalash zamonaviy algoritmlarini o‘zlashtirish,VR inson mashinasi interfeysi tizimi funksional tuzilmasining yangi usullari haqida ko‘nikma hosil qilish, VR tizimlari va 3D modellashtirishni milliy virtual muhit ishlab chiqishdagi zamonaviy strukturasini o‘rganish, Metaverse muhitlari uchun cun’iy intellektning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish uslublarini o‘rganishdan iborat edi.  Stajirovkaning darslar rejasiga ko’ra xalqaro talaba magistrlar bilan o`quv mashg`ulotlariga qatnashildi.Mashg`ulotlar davomida keyslar ishlandi hamda loyihalar ustida amallar bajarildi. Stajirovka rejasiga ko'ra professor Dr. Shiho Kim bilan uchrashuv tashkil etilib hamkorliklar va loyihalar doirasida ikki unuversitet birgalikda bajarilishi mumkin bo`lgan ishlar xususida fikr almashilindi. Buning natijasida sohada mavjud innovatsion texnologiyalar, zamonaviy uskunalar bilan olib borilayotgan ilmiy ishlar, texnologiyalarning  ishlash jarayoni va ularning ilmiy natijalari bilan tanishishdi.

Bugungi kunda xorij mamlakatlarida virtual ta’limni baholab boradigan bir qator tizimlar mavjud (Vizerra, AltSpaceVR, SecondLife.com, vAcademia.com, Virbela.org, IMVU.com, Classvr.com, Sansar va boshqalar).

Virtual ta’limni o‘qituvchi, o‘quvchi, tyutor, tarmoq rahbarlari va ta’limning boshqa komponentalarisiz tasavvur qilishning imkoni yo‘q. Xuddi insonlarga ta’lim berish kabi, virtual ta’limning asosiy maqsadi inson tomonidan virtual va boshqa imkoniyatlarini ham e’tiboga olgan holda haqiqiy dunyodagi o‘z o‘rnini aniqlash va unga erishishida ko‘mak berishdan iborat.

Giyosov Ulug‘bek Eshpulatovich stajirovkani  muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat bilan taqdirlandi. Ilmiy malaka oshirish  dasturiga binoan, tadqiqotchi ushbu kafedra professorlari bilan birgalikda o‘z ilmiy ishlarini muhokama qilish va ularni amaliyotga tadbiq qilish ko'zda tutilgan. Buning natijasida zamonaviy laboratoriyalar uskunalarida ishlash amaliyoti davomida O‘zbekistonda ta’limga aloqador birinchi  virtual borliq (VB) muhiti tadqiq qilgan va yaratish ishlari amalga oshirmoqda.

Batafsil o'qish
None
04 Mar 2024
Belarus Milliy Texnika Universiteti (BMTU) bilan 2+2 1+3 (magistratura uchun 1+1) dasturi

Toshkent xalqaro Kimyo universiteti Samarqand filialining kunduzgi va kechki ta’lim dekani M.Xamroyev, marketing va qabul bo‘limi mudiri O.Olimov Belarus Respublikasida xizmat safaridan qaytdi.

Belarus Milliy texnika universiteti Xalqaro masofaviy ta’lim instituti direktori Sednina Marina Aleksandrovna bilan uchrashib, har ikki universitetning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Kelishuvlar natijasida Belarus Milliy Texnika Universiteti (BMTU) va Toshkent xalqaro Kimyo universiteti o‘rtasida 2+2, 1+3, (magistratura bosqichi uchun 1+1) dasturlari va boshqa shartnomalar tuzildi. Belarus ko'zda tutilgan.

Kelajakda BMTU talabalari KIUTda, KIUT talabalari esa BMTUda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Batafsil o'qish
AQShning Top-50 ta va dunyoning Top-500 universitetlari qatoriga kiruvchi Missuri universiteti bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.   Avval xabar qilganimizdek, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tomonidan iqtisodiyot fanlari doktori, prof. Vahobov Abdu
11 Dek 2023
AQShning Top-50 ta va dunyoning Top-500 universitetlari qatoriga kiruvchi Missuri universiteti bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

Tez orada yangilik paydo bo'ladi.

Batafsil o'qish
Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga Buyuk Britaniya elchixonasining vakillari tashrif buyurishdi
13 Fev 2023
Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga Buyuk Britaniya elchixonasining vakillari tashrif buyurishdi

Tez orada yangilik paydo bo'ladi.

Batafsil o'qish
Ruzvelt universiteti bilan birgalikda MBA 1+1 dasturi
13 Fev 2023
Ruzvelt universiteti bilan birgalikda MBA 1+1 dasturi

Tez orada yangilik paydo bo'ladi.

Batafsil o'qish