Professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar o'rtasida "Ommaviy diktant" tanlovi bo'lib o'tdi
21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Ommaviy diktant” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, ishtirokchilarning imloviy savodxonligini oshirish hamda adabiy til me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalari, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish va matnni savodli yozish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Tanlov professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun ona tilimizning boy imkoniyatlarini chuqurroq anglash, til madaniyatini rivojlantirish va o‘z bilimlarini mustahkamlash imkonini berdi.
O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizning muhim timsolidir. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning burchimizdir. Shu ma’noda, bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida tashkil etilgan “Ommaviy diktant” tanlovi ishtirokchilarning til savodxonligini oshirish, o‘zbek tilining mavqeini mustahkamlash va davlat tiliga bo‘lgan ehtiromni yanada yuksaltirish yo‘lidagi muhim ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.