
Sanoat va ta’lim integratsiyasi: AQSh delegatsiyasi KIUT Samarqand filialida
AQShdan tashrif buyurgan biznes va ta’lim sohasida ko‘p yillik tajribaga ega Garri Li Doziyep hamda sanoat avtomatizatsiyasi va kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspert Gregori A. Rojerslar Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalari bilan uchrashishdi.
Tashrif davomida universitet rahbariyati va mehmonlar o‘zaro muloqot olib borib, ta’lim jarayonlarini takomillashtirish, sanoat bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, talabalarning xalqaro tajriba orttirishi uchun yangi yo‘llar ochish masalalarini muhokama qildilar. Mehmonlar o‘z sohalaridagi yutuq va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusida qo‘shma loyihalar, amaliy tadqiqotlar va talabalar uchun seminarlar tashkil etishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Ushbu tashrif KIUT uchun xalqaro nufuzni yanada oshirish, innovasion g‘oyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.