“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi 2022-yilda tashkil etilgan.2023-yilda  kafedra tarkibidan pedagogika fanlari ajralib chiqdi. Kafedrada asosan 40 ga yaqin tarix fanlari va huquq fanlari o‘qitiladi. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida bugungi kunda 7 nafar asosiy shtat professor - o‘qituvchilari faoliyat yuritadi Kafedraning maqsadi – vatanparvar, fidoiy, o‘z kasbining ustasi, zamonaviy va jahon standartlari talabiga javob bera oladigan kadrlar tayyorlab chiqarishdir.

Kafedraning vazifalari:

  • O‘quv-uslubiy ishlar sohasida – Bakalavr ta’limi davomida talabalarga sifatli, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim berish
  • Ilmiy-metodik ishlar sohasida – “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari Yevropaning ilg‘or davlatlarida ilmiy, pedagogik tajriba almashinuvlaridan o‘tgan bo‘lib, dars jarayonida zamonaviy ta’lim dasturlaridan foydalangan holda ilg‘or va motivatsion metodalardan foydalanadi. Jumladan, “Bumerang”, “Keys-Study” singari 80 ga yaqin metodlardan dars jarayonida foydalanib kelmoqda.
  • Ilmiy tadqiqot ishlari sohasida – “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi  professor o‘qituvchilari shu vaqtgacha 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, ikkita uslubiy qo‘llanma, 4 ta SKOPUS bazasida indekslanuvchi jurnallarda maqolalalar, 40 ga yaqin ilmiy maqola va tezislarni nashr etishga muvaffaq bo‘lgan. Kelgusida nashr etishga tayyorlangan 3 ta o‘quv qo‘llanmalari mavjud.
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida - “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professor o‘qituvchilari ma’naviy-marifiy sohada ko‘plab ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu borada Universitetimiz rahbariyati yordamida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Imom Buxoriy xalqaro tadqiqot markazi”, “Buyuk Ipak Yo‘li xalqaro tadqiqot markazi”, Samarqand viloyat IIB, Samarqand viloyat muzey-quriqxonasi, Samarqand viloyat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar tashkil qilib kelmoqda. Talabalarning bush vaqtlarini mazmunli o‘tkazi’hini ta’minlash maqsadida “Zakovat”, futbol, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirib kelmoqda.Shu bilan birgalikda, Buxoro va Xiva singari mamlakatimizning tarixiy shaharlariga ekskursiyalar tashkil qilib kelmoqda.

Kafedrada fanlarini 4 yil davomida o‘zlashtirgan talabalar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tarix fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida kompleks masalalarni yechish, ijtimoiy faoliyat sohasidagi barcha ishlab chiqarish obyektlari, turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashkilotlar, muzeylar, arxivlar, tarixiy obidalar, davlat boshqaruv organlari, madaniy meros obyektlarida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi. Universitetimizning aloqalari sababli kafedra ham dunyoning ilg‘or mamlakatlari  universitetlari, jumladan, “Irkutsk davlat universiteti” ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi, Novosibirsk “Arxeologiya va etnografiya ilmiy tadqiqot instituti” bilan xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Mattiyev O'tkir Begmatdo'lobovich
Mattiyev O'tkir Begmatdo'lobovich
Kafedra Mudiri

Amirdinov Jahongir Abdumajidovich
Amirdinov Jahongir Abdumajidovich
Katta o’qituvchi

2022 йил октябрь ойидан Тошкент Кимё халқаро Университети Самарқанд филиалида “Ижтимоий ва гуманитар фанлар” кафедраси катта ўқитувчиси. 19 йиллик педагогик стажга эга. "Совет ҳокимиятининг 1925-1991 йилларда Ўзбекистонга аҳолини кўчириш сиёсати ва ижтимоий-иқтисодий ва маданий хаётига таъсири" мавзусида илмий изланиш билан шуғулланади. Республика ва халқаро миқиёсидаги 22 та конференция ва 9 та журналларда мақолалари нашр этилган.

Begaliyev Jurabek Toshbekovich
Begaliyev Jurabek Toshbekovich
Katta o’qituvchi

2025 – hozirgacha: Professor, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali 2014 – 2022: Katta o‘qituvchi, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti 2012 – 2014: Magistrant, Samarqand davlat universiteti 2010 – 2012: Tarix fani o‘qituvchisi, 40-maktab, Ishtixon tumani, Samarqand viloyati

Muxtorov Azizjon Botir o'g'li
Muxtorov Azizjon Botir o'g'li
O'qituvchi

Muxtorov Azizjon Botir o‘g‘li 2024 yil 1-apreldan buyon KIUT Samarqand filiali “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida kafedra o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Nufuzli xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 7 ta ilmiy maqola, shundan 4 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda, 2 ta ilmiy tezis xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida va 1ta ilmiy maqola Scopus bazasida indekslanuvchi jurnalda nashr etilgan. “Tarix falsafasi” va “Introduction to History” nomli o‘quv qo‘llanmalar nashr etish jarayonida. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali Tarix ta’limi va English Education yo‘nalishi talabalariga “ochiq” darslar o‘tgan. U bugungi kunda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida quyidagi fanlardan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda

Xamzayev Shavkat Abdirasulovich
Xamzayev Shavkat Abdirasulovich
dotsent

2002-2006 йй - Самарқанд давлат университети талабаси.2006-2007 йй- Самарқанд давлат тиббиёт институти қошидаги академик лицейда ўқитувчи. 2007-2009 йй - Самарқанд давлат университети археология кафедраси магистранти.2009-2011 йй - Самарқанд вилояти Пастдаром тумани тиббиёт коллежда ўқитувчи . 2011-2017 йй - Самарқанд қишлоқ хўжалиги институти қошидаги 2-сон академик лицей ўқитувчиси . 2017-2019 йй - Самарқанд давлат чет тиллар институти факультетлараро ижтимоий фанлар кафедраси ўқитувчиси. 2019 -2022 йй. - Самарқанд давлат чет тиллар институти факультетлараро ижтимоий фанлар кафедраси таянч докторанти. 2022-2023. - Самарқанд давлат чет тиллар институти “Гуманитар фанлар ва ахборот технологиялари” . kафедраси ўқитувчиси. 2023-2025 - Самарқанд давлат чет тиллар институти “Гуманитар фанлар ва ахборот технологиялари” кафедраси доценти в.б. 2025-8.05. - ҳ.в. - Самарқанд давлат чет тиллар институти “Гуманитар фанлар ва ахборот технологиялари” кафедраси доценти .2025 йилданг бошлаб ТКХУ самарқанд филиали доценти.

Xujayorova Sadoqat Baxtiyorovna
Xujayorova Sadoqat Baxtiyorovna
Katta o’qituvchi

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida 2024-yildan buyon katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Magistr darajasiga ega. Pedagogik staji 19 yil. 18 ta ilmiy maqolalar chop ettirgan. Shu jumladan 1 Scopus, 11ta OAK, 3ta Impact factor jurnallarida, 3ta xalqaro va mahalliy jurnallarda.

Samiyev Abdullo Yashinovich
Samiyev Abdullo Yashinovich
Katta o’qituvchi

2005–2009 yillarda “Sharof Rashidov” nomidagi Samarqand davlat universitetining “Tarix” yo‘nalishida bakalavr. - 2010–2012 yillarda “Sharof Rashidov” nomidagi Samarqand davlat universitetining “Tarix” yo‘nalishida magistraturani tamomlagan. - 2008 – 2009 yy. – Tayloq tumani 33-maktab tarix fani o‘qituvchisi. - 2009 – 2013 yy. – Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi 1-son akademik litsey tarix fani o‘qituvchisi, bo‘lim boshlig‘i. - 2013 – 2016 yy. – Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi 1-son akademik litsey Ma’naviy ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari. - 2017 – 2018 yy. – Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi 1-son akademik litsey Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, bo‘lim boshlig‘i. - 2018 – 2021 yy. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti devonxona va arxiv bo‘limi, arxiv mudiri. - 2021 – 2023 yy. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot agrotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha dekan o‘rinbosari. - 2023 – 2024 yy. – Samarkand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o‘qituvchisi - Rus va o’zbek va tojik tillarida dars mashg’ulotlarini olib bora oladi. Samiyev Abdullo Yashinovich 2024 yil 1-apreldan buyon KIUT Samarqand filiali “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi. Nufuzli xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 16 ta ilmiy maqola, shundan 7 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda, 4 ta ilmiy tezis xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida nashr etilgan. “Introduction to History” nomli o‘quv qo‘llanmalar nashr etish jarayonida. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali Tarix ta’limi yo‘nalishi talabalariga “ochiq” darslar o‘tgan. U bugungi kunda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida quyidagi fanlardan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda: