“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi

Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Samarqand fiali tashkil etilgan dastlabki kunlardan mavjud kafedralardan biri. Ijtimoiy gumanitar fanlar ta’limi barkamol shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki bu yoshdagi bolalar egallagan bilim va qadriyatlar uning keyingi hayotini belgilaydi. Kafedra “Boshlang‘ich ta’lim”, “Maktabgacha ta’lim”, “Maxsus pedagogika, “Tarix” yo‘nalishlarida bakalavriat va magistratura mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, shuningdek kafedra a’zolarining ilmiy-uslubiy ishlarini muvofiqlashtiradi. 

Kafedrada o‘qitilayotgan fanlarning o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti malaka talablariga moslanganligi bilan bir qatorda, jahon yetakchi pedagogik universitetlari standartlari va ilg‘or tajribasi asosida boyitilgan. 

Kafedraning maqsadi – talabalarning ijtimoiy-siyosiy, g’oyaviy-ma’naviy dunyoqarashlarini shakllantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy fanlar bo’yicha bilimlarini, amaliy ko’nikma va uquvlarni shakllantirish, ma’naviy-siyosiy islohotlarni chuqur biladigan kadrlar bo’lib yetishish yo’lida ta’lim-tarbiya berish.

Kafedra vazifalari:

  • O’quv-uslubiy ishlar sohasida:

  • o’qitishning zamonaviy metodlaridan foydalanib ijtimoiy-gumanitar fanlardan universitetning barcha ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan o’quv ishlarini tashkil etish;

  •  Ilmiy-metodik ishlar sohasida:

  • o’quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribalarni o’rgangan holda professor-o’qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish;

  •  Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida:

  • Yang O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarning ustuvor vazifalari, ilg’or jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamiyat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash;

  •  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

  •  Kadrlarni shu ona vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash, tarixiy siymolarimiz, buyuk ajdodlarimiz, ilm - fan darg’alarining merosini o’rgatish va ularda insoniy fazilatlarni shakllantirish, o’z taqdirini vatan taqdiri bilan, millat taqdiri bilan bog’lash tuyg’ularini mustahkamlash.