Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi: tashxis, insult xavfini baholash (CHA₂DS₂-VA), antikoagulyant terapiya. Supraventrikulyar taxikardiyalar va WPW sindromi. Qorinchalar aritmiyalari va to‘satdan yurak o‘limi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi bo‘lajak shifokorlarning yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buzilishlariga oid nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullari bo‘yicha amaliy tushunchalarini kengaytirish, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan klinik yondashuvlar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati mintaqaviy filiali mutaxassisi I. Xamidov ishtirok etib, seminar mavzusi yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida bo‘lmachalar fibrillyatsiyasining kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, diagnostika mezonlari, insult xavfini CHA₂DS₂-VA shkalasi yordamida baholash hamda antikoagulyant terapiyaning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, supraventrikulyar taxikardiyalar, WPW sindromi, qorinchalar aritmiyalari va to‘satdan yurak o‘limining oldini olishga qaratilgan zamonaviy tibbiy yondashuvlar muhokama qilindi.
Seminar davomida talabalar ham faol ishtirok etib, o‘zlarining ilmiy izlanishlari va taqdimotlari orqali mavzuning muhim jihatlarini yoritib berdilar. Jumladan:
🔹 Jo‘raqulova Hadichabonu — Davolash ishi yo‘nalishi, 124-guruh talabasi.
Mavzu: “Yurakning o‘tkazuvchi tizimi: anatomo-fiziologik asoslar — aritmiyalarni tushunish kaliti”.
🔹 Jumaboyev Laziz — Davolash ishi yo‘nalishi, 224-guruh talabasi.
Mavzu: “Avtomatizm, o‘tkazuvchanlik va aritmiyalar qanday paydo bo‘ladi?”.
Talabalarning taqdimotlari yurakning o‘tkazuvchi tizimi, uning fiziologik xususiyatlari, yurak ritmining shakllanish mexanizmlari hamda turli aritmiyalarning kelib chiqish sabablarini ilmiy jihatdan tushunishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar. Nazariy bilimlarning klinik amaliyot bilan uyg‘unlashtirilishi bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Mazkur ilmiy-amaliy seminar talabalarning klinik fikrlash qobiliyatini shakllantirish, zamonaviy kardiologiya yutuqlaridan xabardorligini oshirish hamda oliy ta’lim va amaliy tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida Talabalar Parlamenti vitse-prezidentligi hamda filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti (BT) yetakchiligi lavozimlariga nomzodlarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Saralash jarayonida nomzodlar o‘zlarining tashabbuslari, istiqbolli loyihalari va talabalar hayotini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarini taqdim etdilar. Ularning loyihalari Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Talabalar Parlamenti Prezidenti Aylin Raxmatova boshchiligidagi kengash a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Jarayon davomida nomzodlarning yetakchilik salohiyati, tashabbuskorligi, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari, mas’uliyati hamda ilgari surilgan loyihalarning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur saralash bosqichi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning liderlik qobiliyatlarini namoyon etish va universitet hayotida faol ishtirokini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Zero, faol, tashabbuskor va mas’uliyatli yoshlar — universitet taraqqiyoti hamda kelajak bunyodkorlaridir.
Ushbu hamkorlik memorandumida universitetning yo'l harakatini boshqarish yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliyot o'tashlarini yo'lga qo'yish, ikki hamkor tashkilot o'rtasida seminar-trening va master-klasslar tashkil etish masalalari nazarda tutilgan.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bosh kampusi hamda Namangan va Samarqand filiali talabalari o'rtasida futbol sport o'yini bo'yicha "Ta'sischi kubogi" turniri bo'lib o'tdi. Universitetning Samarqand kampusi ushbu turnirga mezbonlik qildi. Jami 8 ta jamoa yuqori shijoat, aniqlilik va tezlik hamda jamoaviy birdamlik bilan kubok uchun o'zaro bellashishdi.
Natijalar quyidagicha:
1-o'rin - Toshkent
2-o'rin - Namangan
3-o'rin - Samarqand
Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Turnir yakunida kampuslararo musobaqalar davomli bo'lishi ta'kidlandi.
Turnir nafaqat 3 ta kampusda tahsil olayotgan talabalar o'rtasidagi bellashuv, balki o'zaro tanishuv va do'stlik aloqalarini o'rnatishi bilan ham ahamiyatlidir.
Musobaqa davomida jamoalar yuqori sport mahorati, birdamlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Bunday sport tadbirlari talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda universitet jamoalari o‘rtasida do‘stona raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, turnir talabalar uchun unutilmas taassurotlar va yangi do‘stlik rishtalarini yaratgan muhim sport tadbiriga aylandi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) — o‘zbek xalqining buyuk ma’rifatparvari, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri, yozuvchi, dramaturg, jurnalist va pedagog. U XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda xalqni ilm-ma’rifatli qilish, zamonaviy ta’limni rivojlantirish va jamiyatni isloh etish uchun faol kurashgan. Millat farzandlarini o'qimishli qilish maqsadida birinchi maktabni tashkil etgan va saboq bergan. Uning ma'rifatparvarlik harakatini o'tmishning eng qora va tahlikali davrlariga tog'ri kelganiga qaramay, Behbudiy o'z xonadonida bolalarga ta'lim berishda davom etdi, kitoblar yaratdi, teatr sahnalashtirdi. Garchi bu harakatlari unga qarshi ishlagan bo'lsa-da, hayotining oxiriga qadar millatning yorug' kelajagi yo'liga umid bilan davom etdi.
Ana shunday ma'rifatparvar ajdodlar ruhini shod etish, ular qldirgan boy madaniy merosni avlodlarga yetkazish maqsadida Behbudiy dars o'tgan xonadon bugungi kunda Behbudiy uy-muzeyi sifatida qayta ishga tushdi va ma'rifat uchun jonini fido etgan jadid tarixi haqida so'zlamoqda.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 253-guruh talabalari Behbudiy qoldirgan boy meros bilan yaqindan tanishish maqsadida Behbudiy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi. Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti A.Usmonov hamda uy-muzey direktori G.Axmedovlar talabalarga Behbudiy hayoti va faoliyati, ta'lim va ilmda tutgan ahamiyati haqida ma'lumot berishdi.
Bo'lajak pedagoglar bugungi kunda ta'lim uchun yaratilgan imkoniyatlar ortida bundan 1 asr avval o'z moli va jonini ayamagan buyuk ajdodlari ruhiga ehtirom keltirib, u qoldirgan boy ma'naviy meros haqida cheksiz taassurotga ega bo'lishdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali tibbiyot fakulteti iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash, sun'iy intellekt va kompyuter texnologiyalari bo'yicha professor-o'qituvchilar va talabalar malakasini oshirish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu loyihalarning amaldagi natijasi o'laroq, fan olimpiadalari g'oliblari va sun'iy intellekt bilimdonlari yetishib chiqmoqda.
Kuni kecha ana shunday g'oliblar va bilimdonlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
KIUT Samarqand filiali, IT PARK Samarqand filiali va Fidelety AI Health hamkorligida o'tkazilgan "Sun'iy intellekt savodxonligi" o'quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan professor-o'qituvchilar va talabalar sertifikat bilan taqdirlandi.
Shuningdek, kampuslararo o'tkazilgan fan olimpiadasi g'oliblari va sovrindorlariga rahbariyat tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. Filial direktori, professor Nizamjon Ishonkulov g'olib va sovrindorlarni taqdirlar ekan, universitet rahbariyati o'zining bilimi, iqtidori va salohiyati bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan talaba-yoshlarni har doim qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Tilga e’tibor — elga e’tibor!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan “Tilga e’tibor — elga e’tibor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni filial direktori, professor N. Ishonkulov ochib berib, o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifodalovchi bebaho qadriyat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning nufuzini yuksaltirish, sofligini asrash va kelajak avlodga boy ma’naviy meros sifatida yetkazish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsentlari M. Hazratqulov hamda A. Xo‘jamqulovlarning o‘zbek tilining tarixi, bugungi taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimizni saqlashdagi o‘rni va yoshlar nutq madaniyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi.
Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar, ifodali chiqishlar va ma’naviy mazmunga boy ijodiy namoyishlar taqdim etildi. Ushbu chiqishlar ishtirokchilarda ona tiliga bo‘lgan mehr, ehtirom va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, o‘zbek tiliga hurmatni kuchaytirish hamda uning boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ona tilimiz — millatimiz ruhi, o‘zligimiz timsoli va kelajagimiz poydevoridir! Uni asrash, qadrlash va ravnaq toptirish har birimizning sharafli burchimizdir.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari (davlat ulushlari, bo‘sh turgan bino-inshootlar va yer uchastkalari) bilan yaqindan tanishtirishga bag‘ishlangan “Road Show” taqdimotida KIUT Samarqand filiali turizm yo’nalishi talabalari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbir ishtirokchilarga davlat mulklari va yerlari hamda ularni e-auksion.uz savdo platformasi orqali sotib olish tartiblari haqida to‘liq ma’lumot berishi bilan ahamiyatlidir.
SOS Bolalar mahallalari uyushmasi Samarqand filialida psixologiya yo'nalishi 3-bosqich talabalari ishtirokida “Men jamiyatning bir bo‘lagiman” mavzusida volontyorlik asosida ijtimoiy-psixologik trening tashkil etildi. Trening davomida bolalarda o‘ziga ishonch, ijtimoiy daxldorlik hissi va jamiyatda o‘z o‘rnini anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur tashabbus talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash, ularda ijtimoiy mas’uliyat, hamdardlik va insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Debrecen universiteti (Vengriya) professori, huquq fakulteti dekani Daniel Haitas Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalariga "Qadimdan bugungacha boʻlgan vaqt mobaynida Yevropa-Oʻzbekiston munosabatlari" mavzusida ma'ruza o'tdi. Talabalar professor D.Haitasning ma'ruzasini maroq bilan inglashdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mr.Haitasning o'zbek xalqi madaniyati bilan tanishligi va ma'ruza davomida o'zbek madaniyatiga xos bo'lgan iboralarni qo'llashi yig'ilganlarda katta taassurot uyg'otdi.
Ma'lumot uchun, professor Daniel Haitasning navbatdagi ma'ruzasi 22-oktabr soat 10:00 da D-113-xonada bo'lib o'tadi.
14-oktabr kuni o'tkazilgan "Ommaviy diktant" tanlovi natijalari e'lon qilindi.
Talabalar o'rtasida o'tkazilgan tanlov g'oliblari:
1-o‘rin – Nafisa Xayrullayeva, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi (kechki) 1-kurs talabasi – 90 ball;
2-o‘rin – Aziza Mirzayeva, English Education yo‘nalishi 2-kurs talabasi – 89 ball;
3-o‘rin – Zahro Zikriyaqulova, koreys filologiyasi yo‘nalishi 1-kurs talabasi – 89 ball;
Shuningdek, chiroyli husnixati uchun: Zarina Erkinova, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi.
Professor-o'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan tanlov g'oliblari:
1-o‘rin – Dilora Ravshanqulova, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi – 93 ball;
2-o‘rin – Niginabonu Ne’matova, xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi – 92 ball;
3-o‘rin – Xabiba Raxmonova, tibbiy-fundamental fanlar kafedrasi dotsenti v.b., PhD – 91 ball.
Ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz! Tanlov g'oliblarini taqdirlash kuni haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.
Umumiy ishtirokchilarning natijalarini ko'rish
Debrecen universiteti (Vengriya) professori, huquq fakulteti dekani Daniel Haitas Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalariga "Qadimdan bugungacha boʻlgan vaqt mobaynida Yevropa-Oʻzbekiston munosabatlari" mavzusida ma'ruza o'tishi rejalashtirilgan. Sana: 20-22-oktabr kunlari, soat 10:00 da D bino 113-xonada Tashrif Yevropa Ittifoqining Erasmus + fondi hisobidan toʻliq moliyalashtiriladi. Ishtirok etish istagidagi barchani kutib qolamiz!
21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida “Ommaviy diktant” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, ishtirokchilarning imloviy savodxonligini oshirish hamda adabiy til me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo qoidalari, tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish va matnni savodli yozish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Tanlov professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun ona tilimizning boy imkoniyatlarini chuqurroq anglash, til madaniyatini rivojlantirish va o‘z bilimlarini mustahkamlash imkonini berdi.
O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizning muhim timsolidir. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning burchimizdir. Shu ma’noda, bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida tashkil etilgan “Ommaviy diktant” tanlovi ishtirokchilarning til savodxonligini oshirish, o‘zbek tilining mavqeini mustahkamlash va davlat tiliga bo‘lgan ehtiromni yanada yuksaltirish yo‘lidagi muhim ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talaba-yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus" olimpiadasiga start berildi.
Bugundan sport o'yinlarini sevuvchi talabalar o'rtasida turli sport turlari va o'yinlari bo'yicha qizg'in musobaqalarga start berildi.
Jarayonni biz bilan birgalikda kuzating!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida “Intellektual mulk obyektlari tasnifi hamda insonning aqliy va ijodiy faoliyati natijalarini muhofaza qilish tartibi” mavzusidagi seminar tashkil etildi. O'tkazilgan seminarda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Samarqand viloyati filiali bosh maslahatchisi I.Ubaydullayev, KIUT Samarqand filiali rahbariyati hamda professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminar davomida hamkorlikdagi ishlarni takomillashtirish, intellektual mulk obyektlari tasnifi hamda insonning aqliy va ijodiy faoliyati natijalarini muhofaza qilish tartibi hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Talaba-yoshlar o'rtasida jadidchilik harakati va qatag‘on qurbonlari hayoti hamda faoliyatini chuqur o‘rganish, qatag‘on qurbonlarining mamlakat taraqqiyoti, ilm-fan, ta’lim va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib etish, talabayoshlarning ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda ma’naviy meros va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, qo‘llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida “Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar” tanlovi tashkil etiladi.
Tanlov 2 ta yo'nalishni qamrab oladi:
- Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar
- Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan yozma mulohazalar (insho)
Tanlov o'tkazilish sanasi: 23-sentabr, soat 14:00
D bino 113-xona
KIUT Samarqand filialida 2026/2027-o'quv yili uchun dars mashg'ulotlari qachondan boshlanishini ma'lum qilamiz:
1-kurslar uchun - 7-sentabrdan;
2-3-4-kurslar uchun - 14-sentabrdan;
2-kurs magistrantlar uchun - 14-sentabrdan dars mashg'ulotlari boshlanadi.
1-kurs magistrantlar uchun dars mashg'ulotlari qachondan boshlanishi bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi.
Arxitektura — bu shunchaki bino chizish emas, balki kelajak makonlarini yaratish san’atidir. Ushbu yo‘nalishni tanlagan talabalar ijodkorlik, texnologiya va muhandislik bilimlarini birlashtirib, zamonaviy loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Birinchidan, arxitektura o‘z g‘oyalaringizni real loyihalarga aylantirish imkonini beradi. Siz turar joylar, biznes markazlari, jamoat binolari va boshqa zamonaviy inshootlarni loyihalashni o‘rganasiz.
Ikkinchidan, bu kelajagi bor va talab yuqori soha. Shaharlar rivojlanishi, yangi qurilishlar va zamonaviy infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyoj malakali arxitektorlarga doimo talab yaratadi.
Uchinchidan, arxitektura ijod va texnologiyani birlashtiradi. 3D modellashtirish, dizayn dasturlari va zamonaviy qurilish texnologiyalari orqali siz nafaqat chiroyli, balki funksional loyihalarni yaratishni o‘rganasiz.
Arxitektura — bu kelajakni tasavvur qilish emas, uni o‘z qo‘llaringiz bilan loyihalashdir!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali arxitektura va shaharsozlik yo'nalishiga hujjat topshiring va talaba bo'ling!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali dotsenti v.b., PhD Nuraliyeva Ozoda Narboyevna AQShning Rowan universitetida “Ta’limda sun’iy intellekt nazariya, liderlik va amaliyot” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish dasturi
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish instituti hamda Nordik xalqaro universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur dasturda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali ingliz tili kafedrasi 1 nafar professor-o‘qituvchisi ishtirok etmoqda.
Dastur davomida ishtirokchilar sun’iy intellektning nazariy asoslari, zamonaviy AI platformsi ta’lim jarayonida samarali foydalanish, ularni universitet boshqaruvi va ta’lim tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalari o‘rganmoqda. Darslar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy trening va seminarlar shaklida tashkil etilayotgani ishtirokchilarga o‘z kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 10 ta yangi bakalavriat yo‘nalishi va 12 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi bakalavriat yo‘nalishlari:
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔹Barqaror transport
🔹Biotexnologiya
🔹Dasturiy injiniring
🔹Jismoniy madaniyat
🔹Kompyuter injiniringi
🔹Sanoat muhandisligi va menejmenti
🔹Sun’iy intellekt
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili)
🔹Xalqaro munosabatlar
Shuningdek, mavjud ikkita bakalavriat yo‘nalishining nomi o‘zgartirildi:
Chiroy estetikasi — Kosmetologiya
Rus filologiyasi — Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
Yangi magistratura mutaxassisliklari:
🔸Amaliy matematika
🔸Arxitektura tarixi va nazariyasi
🔸Atrof-muhit muhandisligi
🔸Dasturiy injiniring
🔸Jahon iqtisodiyoti
🔸Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
🔸Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)
🔸Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (xitoy tili)
🔸Maxsus pedagogika (surdopedagogika)
🔸Rangtasvir
🔸Tarix
🔸Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish
Batafsil: (55) 702-40-40